Botir Zokirov koʻchasi — Shayxontohur va Chilonzor tumanlari hududida, Alisher Navoiy va Turob Toʻla koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,2 km. 2005-yil 25-aprelda Abay koʻchaning bir qismiga qoʻyilgan. Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomi bilan yuritiladi.

Koʻcha yoʻnalishida Oʻzbekiston konservatoriyasi, avtobuslar bosh bekati, Tashkent City, "Alisher Navoiy", "Paxtakor" va "Oʻzbekiston" metro bekatlari joylashgan. Koʻcha yaqinida Adabiyot muzeyi, Oʻzbekiston yoshlar teatri, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Paxtakor markaziy stadioni, Oʻrmonchilik va manzarali bogʻdorchilik ilmiy markazi, Kinochilar uyi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa muassasalar bor.

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari