thumb| Norvegiyaning Nobel instituti Norvegiya Nobel qoʻmitasiga tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlarini tanlashda va Osloda yillik mukofot topshirish marosimin oʻtkazishda yordam beradi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi har yili Tinchlik uchun Nobel mukofotini „xalqlar oʻrtasidagi birodarlik, doimiy qoʻshinlarni yoʻq qilish yoki ularning sonini qisqartirish, tinchlik kongresslarini oʻtkazish va ragʻbatlantirish uchun eng koʻp ish qilgan kishiga“ topshiradi. Nobel vasiyatiga koʻra, mukofot Norvegiya Nobel qoʻmitasi tomonidan tasarruf etiladi va Norvegiya parlamenti tomonidan saylangan besh kishidan iborat qoʻmita tomonidan topshiriladi.
Tarixi Har bir laureat medal, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu har yili kimyo, fizika, adabiyot, tinchlik, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi ulkan hissalari uchun beriladigan Alfred Nobelning (1896-yilda vafot etgan) 1895-yilgi vasiyatnomasiga koʻra taʼsis etilgan.
Xususiyatlari Tinchlik uchun Nobel mukofoti har yili Osloda, Norvegiya qiroli ishtirokida, 10-dekabr, Nobel vafot etgan kunda topshiriladi va Stokgolmda topshirilmaydigan yagona Nobel mukofoti hisoblanadi. Boshqa mukofotlardan farqli oʻlaroq, Tinchlik uchun Nobel mukofoti baʼzida jismoniy shaxsga emas, balki tashkilotlarga ham beriladi.
Tinchlik uchun Nobel mukofoti birinchi marta 1901-yilda 150 782 shved kroni (2008-yilda 7 731 004 kronga teng) qiymatiga ega boʻlgan holda Frédéric Passy va Henry Dunantga, 2022-yilda esa Ales Byalyatski, Rossiyaning Memorial jamiyati va Fuqarolar erkinligini himoya qilish markaziga berildi.
1962-yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Linus Pauling ikki xil yoʻnalishda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona shaxs hisoblanadi, u 1954-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. 17 yoshli Malala Yusufzay, 2014-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan eng yosh gʻolib hisoblanadi. Tinchlik uchun Nobel mukofotini ilk bora ayollardan 1905-yilda Bertha von Suttner olgan. Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlarining 109 nafaridan 18 nafari ayollardir. Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi eng koʻp Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan tashkilot hisoblandi. Ular insonparvarlik faoliyati uchun uch marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlarining to‘rt nafari o‘z mukofotlari topshirilayotgan vaqtda qamoqda boʻlishgan, ular: Carl von Ossietzky, Ang San Su Chi, Liu Xiaobo va Ales Byalyatski.
Laureatlar 2022-yil holatiga koʻra tinchlik uchun Nobel mukofoti 110 nafar shaxs va 27 ta tashkilotga topshirilgan. Bugungi kunga qadar 18 nafar ayol bu yoʻnalishda Nobel mukofotiga munosib koʻrilgan. Faqatgina ikkita tashkilot bu yoʻnalishdagi Nobel mukofotini bir necha marotaba qoʻlga kitritishgan: Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi uch marta (1917, 1944 va 1963) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi ikki marta (1954 va 1981). 19 yil davomida tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirilmagan. Yil Laureatlar Davlati Nobelga olishiga sabab 1901 Henry Dunant(1828—1910) Shveysariya „Yarador askarlarga yordam berish va xalqaro aloqalarni tiklashdagi harakatlari uchun“ Frédéric Passy(1822—1912) Fransiya „Xalqaro tinchlik konferensiyalarida, diplomatik aloqalarda va arbitrajdagi faoliyati uchun“ 1902 Élie Ducommun(1833—1906) Shveysariya „Bern Tinchlik Byurosiga rahbarlik qilgani uchun“ Charles Albert Gobat(1843—1914) „Parlamentlararo Ittifoqga rahbarlik qilgani uchun“ 1903 William Randal Cremer(1828—1908) Birlashgan Qirollik „Tinchlikni taʼminllash yoʻlidagi uzoq yillik faoliyati uchun“ 1904 Xalqaro huquq instituti(1873-yilda asos solingan) Belgiya „Davlatlar qonunida xalqlar oʻrtasida tinchlik aloqlarini rivojlantirish va urush boʻyicha qonunlarni insonparvarlik gʻoyalari asosida tuzish“ 1905 Bertha von Suttner(1843—1914) Avstriya-Vengriya „Urush talofatlariga qarshi turishdagi jasorati uchun“ 1906 Theodore Roosevelt(1858—1919) AQSH „Yaponiya va Rossiya oʻrtasidagi qonli urushni yakunlashdagi roli uchun“ 1907 Ernesto Teodoro Moneta(1833—1918) Italiya „Italiya va Fransiya oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash hamda matbuotda tinchlikni targʻib qilgani uchun“ Louis Renault(1843—1918) Fransiya „Gaaga va Jeneva konferensiyalarini oʻtkazishda va natijalaridagi roli uchun“ 1908 Klas Pontus Arnoldson(1844—1916) Shvetsiya „Uzoq yillar davomida siyosatchi, jamiyat yetakchisi va notiq sifatida xalqaro tinchlikka qoʻshgan hissasi uchun“ Fredrik Bajer(1837—1922) Daniya 1909 Auguste Beernaert(1829—1912) Belgiya „Tinchlik va arbitrajning xalqaro harakatidagi faolligi uchun“ Paul Henri d’Estournelles de Constant(1852—1924) Fransiya 1910 Xalqaro Tinchlik Byurosi(1891-yilda asos solingan) Shveysariya „Turli mamlakatlar oʻrtasida tinchlik aloqalarini oʻrnatishda va tinchlik boʻyicha jahon mitinglarini tashkil etishdagi faolligi uchun“ 1911 Tobias Asser(1838—1913) Gollandiya „Institut de droit internationalning asoschilaridan biriligi va Gaagadagi xalqaro konferensiya tashabbuskorlligi uchun“ Alfred Fried(1864—1921) Avstriya-Vengriya „Urushning asosiy sabablaridan biri hisoblangan xalqaro munosabatlardagi anarxiyani fosh etish va unga qarshi kurashgani uchun“ 1912 Elihu Root(1845—1937) AQSH „Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari oʻrtasida diplomatik aloqlarni yaxshilash, AQSH va boshqa davlatlat oʻrtasida tinchlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlidagi harakatlari uchun“ 1913 Henri La Fontaine(1854—1943) Belgiya „Tinchlikparvar baynalminal harakatni tashkil etishdagi hissasi uchun“ 1914 Birinchi jahon urushi sabab topshirilmagan 1915 1916 1917 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi(1863-yilda asos solingan) Shveysariya „Yarador askarlar, harbiy asirlar va ularning oilalariga gʻamxoʻrlik qilishdagi harakatlari uchun“ 1918 Birinchi jahon urushi sabab topshirilmagan 1919 Woodrow Wilson(1856—1924) AQSH „Millatlar ligasini tashkil etishadagi roli uchun“ 1920 Léon Bourgeois(1851—1925) Fransiya „Millatlar Ligasini tashkil etishdagi roli, adolat va tinchlikni taʼminlashdagi harakatlari uchun“ 1921 Hjalmar Branting(1860—1925) Shvetsiya „Tinchlik va millatparvarlikni targʻib qilishdagi hissasi uchun“ Christian Lange(1869—1938) Norvegiya 1922 Fridtjof Nansen(1861—1930) Norvegiya „Millatlar Ligasining qochqinlar boʻyicha Oliy komissari lavozimidagi yetakchi roli va harbiy asirlarni vataniga qaytarishdagi harakatlari uchun“ 1923 Topshirilmagan 1924 1925 Sir Austen Chamberlain(1863—1937) Buyuk Britaniya „Lokarno kelishuvini amalga oshirishdagi roli uchun“ Charles Gates Dawes(1865—1951) AQSH „Daues rejasini amalga oshirishdagi faolligi uchun“ 1926 Aristide Briand(1862—1932) Fransiya „Lokarno kelishuvini amalga oshirishdagi roli uchun“ Gustav Stresemann(1878—1929) Germaniya 1927 Ferdinand Buisson(1841—1932) Fransiya „Germaniya va Fransiyada tinch xalqaro hamkorlik tarafdori boʻlgan qatlamning vujudga kelishidagi faolligi uchun“ Ludwig Quidde(1858—1941) Germaniya 1928 Topshirilmagan 1929 Frank Billings Kellogg(1856—1937) AQSH „Kellogg-Briand paktini amalga oshirishdagi hal qiluvchi roli uchun“ 1930 Nathan Söderblom(1866—1931) Shvetsiya „Xristian birligini targʻib qilish va xalqlar oʻrtasidagi tinchlik haqiqatga aylanishi yoʻlida yangicha fikrlashni shakllantirishdagi faolligi uchun“ 1931 Jane Addams(1860—1935) AQSH „Oʻz vatani va butun insoniyat nigohida tinchlikni qayta tiklash yoʻlidagi faolligi uchun“ Nicholas Murray Butler(1862—1947) AQSH 1932 Topshirilmagan 1933 Sir Norman Angell(1872—1967) Birlashgan Qirollik „Oʻz qalami bilan urush illuziyasini ochib bergani va xalqaro tinchlik yoʻlidagi daʼvolari uchun“ 1934 Arthur Henderson(1863—1935) Birlashgan Qirollik „1931—1934-yillardagi Millatlar Ligasining qurolsizlanish boʻyicha konferensiyasi raisi sifatida tinchlik yoʻlidagi mehnati uchun“ 1935 Carl von Ossietzky(1889—1938) Germaniya „Fikr va soʻz erkinligi yoʻlidagi kurash hamda tinchlikkga qoʻshgan hissasi uchun“ 1936 Carlos Saavedra Lamas(1878—1959) Argentina „1935-yilda Paragvay va Boliviya oʻrtasida tinchlik oʻrnatishdagi roli va 1933-yildagi Argentina urushga qarshi paktiga asos solgani uchun“ 1937 75px The Viscount Cecil of Chelwood(1864—1958) Birlashgan Qirollik „Millatlar ligasida qurolsizlantirish va xalqaro tinchlik yoʻlidagi harakatlari uchun“ 1938 Nansen xalqaro qochoqlar idorasi(19309139) Millatlar Ligasi „Fridtjof Nansen butun yevropadagi qochqinlar manfaati uchun qilgan ishlarini davom ettirgani uchun“ 1939 Ikkinchi jahon urushi tufayli topshirilmagan 1940 1941 1942 1943 1944 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi(1863-yilda asos solingan) Shveysariya „Urush davrida insoniylik jihatidan qilgan buyuk ishlari uchun“ 1945 Cordell Hull(1871—1955) AQSH „BMTni tashkil etishdagi muhim roli uchun“ 1946 Emily Greene Balch(1867—1961) AQSH „Tinchlik yoʻlidagi uzoq yillik harakati uchun“ John Raleigh Mott(1865—1955) AQSH „Chegaralar boʻylab tinchlikni saqlash va diniy birodarlikni yaratishdagi hissasi uchun“ 1947 The QuakersAQSH va Birlshgan Qirollik „Insoniyat azob-uqubatlarini yengillashtirish va shu orqali xalqlar oʻrtasidagi birodarlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ 1948 Topshirilmagan sababi olishga loyiq tirik inson yoʻq edi (Mohandas Gandining xotirasi sharafiga) 1949 Lord Boyd-Orr(1880—1971) Birlashgan Qirollik „Ochlik va qashshoqlikni yengishdagi bergan yordamlari uchun“ 1950 Ralph Bunche(1904—1971) AQSH „1948—1949-yillarda Falastindagi harakatlari uchun“ 1951 Léon Jouhaux(1879—1954) Fransiya „Xalqlar oʻrtasida ijtimoiy adolat va birodarlikni targʻib etishdagi faolligi uchun“ 1952 Albert Schweitzer(1875—1965) Fransiya „Insonlar oʻrtasida tinchlikni targʻib etishdagi faolligi uchun“ 1953 George Catlett Marshall Jr.(1880—1959) AQSH „Yevropani iqtisodiy tiklanish rejasini taklif etgani va nazorat etgani uchun“ 1954 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi(1950-yilda asos solingan) BMT „Dunyodagi qochqinlarga yordam bergani va himoya qilgani uchun“ 1955 Topshirilmagan 1956 1957 Lester Bowles Pearson(1897—1972) Kanada „Suvaysh inqirozidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Favqulodda Kuchlarini tartib bilan yoʻnaltirishda qoʻshgan muhim hissasi uchun“ 1958 Dominique Pire(1910—1969) Belgiya „Qochqinlarni erkinlik va qadr-qimmatga ega hayotga qaytishga yordam berishdagi harakatlari uchun“ 1959 Philip Noel-Baker(1889—1982) Birlashgan Qirollik „Qurolsizlantirish va tinchlik yoʻlidagi harakatlari uchun“ 1960 Albert Lutuli(1898—1967) Janubiy Afrika „Aparteidga qarshi tinch kurashi uchun“ 1961 Dag Hammarskjöld(1905—1961) Shvetsiya „Birlashgan Millatlar Tashkilotini tinchlikni taʼminlay oladigan tashkilotga aylantirish yoʻlidagi harakatlari uchun“ 1962 Linus Pauling(1901—1994) AQSH „Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi Yadroviy qurollanish poygasiga qarshi kurashgani uchun“ 1963 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi(1863-yilda asos solingan) Shveysariya„Jeneva konvensiyasi tamoyillarini ilgari surishi va BMT bilan hamkorlik uchun„Qizil Xoch jamiyatlari ligasi