Rashid karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda choy va manufaktura ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. 2020-yilgi taʼmirlash ishlaridan soʻng undan mehmonxona sifatida foydalanib kelinyapti.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi meʼmoriy yodgorliklar Turkum:Buxoro karvonsaroylari