Abdulvahhob as-Sobuniy ( – Abdulvahhob ibn Mustafo ibn Ibrohim as-Sobuniy al-Hamadoniy) – mavlaviy ulamo.

Hayoti Naqshbandiyya tariqati shayxining oʻgʻli. Baʼzi manbalarda Abdulvahhob ibn Jaloluddin Muhammad al-Hamadoniy deb ham zikr qilingan. Safaviylardan Shoh Tahmosbning Hamadonni ishgʻol etishi hamda sunniylarga nisbatan bosim oʻtkazishi natijasida avval Onadoʻliga, soʻng Damashqqa, u yerdan esa Misrga koʻchib ketgan. „Savoqib ul-manoqib“ nomli asarini 1540-yilda (hijriy 947) Qohirada yozgan. Shoir va bibliograf Hasan Chalabiy otasi Ali Chalabiyning Abdulvahhob as-Sobuniy bilan Qohirada uchrashgani va yaqin doʻst boʻlganlari haqida maʼlumot qoldirgan.

Keyinchalik, Abdulvahhob as-Sobuniy haj qilish maqsadida Makka va Madinaga safar qilgan.

Bir manbaga koʻra Abdulvahhob as-Sobuniy 1547–1548 yillarda (hijriy 954) Shomda, boshqa manbaga koʻra esa, ayni shu yilda Madinada vafot etgan.

Ijodi Tarixiy manbalarda Abdulvahhob as-Sobuniy qalamiga mansub „Sharhi muammoyot Mir Husayn“, „Savoqib ul-manoqib“, „Sirot ul-mus­taqiym“ hamda „Navoyi xurus“ nomli toʻrtta forsiy asarlari borligi qayd etilgan. Bizgacha shoirning faqatgina „Savoqib ul-manoqib“ asari yetib kelgan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Abdulvahhob as-Sobuniy mazkur asarni Ahmad Aflokning „Manoqib ul-orifiyn“ asari ustida chuqur izlanish olib borib, uning baʼzi qismlarni chiqarib tashlab, baʼzi oʻrinlarga yangi maʼlumotlar va izohlar kiritgan holda yozgan. 1540-yilda yozib tugallangan ushbu asar muqaddima, har biriga „Zikr“ deb nom berilgan toʻqqiz boʻlim va xotimadan iborat. „Zikr“larda mavlaviylarning peshvolaridan boʻlgan Bahouddin Valad, Sayyid Burhonuddin, Mavlono, Shams at-Tabriziy, Salohuddin Zarkub, Chalabiy Husomuddin, Sulton Bahouddin, Chalabiy Orif, Shamsuddin Amir Chalabiy haqida maʼlumotlar berilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari dunyo­ning turli kutubxonalarida, jumladan, Turkiyaning Sulaymoniya, Topkapı saroyi muzeyi kutubxonalarida saq­lanadi. Asar Darvesh Xalil Sanoiy va Darvesh Mahmud Dede tomonidan turk tiliga tarjima qilingan.

Adabiyotlar

Mevlânaʼdan Hatıralar: Sevâkıb-ı Menâkıb. – İstanbul: 1973. 2-3; Storey. Persian Literatüre. – London: 1972. I, 938; Ali Alparslan. „Abdülvehhâb es-Sâbûnî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 286-287; Abdülbâki Gölpınarlı. Mevlânâ’dan Sonra Mevlevîlik. – İstanbul: 1953. 15-16.

Manbalar

Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Muhaddislar Turkum:1547-yilda vafot etganlar Turkum:Madinada vafot etganlar