Gulchohra Mammadova Huseyn qizi (). Ozarbayjonlik ayol arxitektori. Akademik, arxitektura fanlari doktori, Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining prezidenti rektori (2021-yil). 2000 - 2005-yillarda Ozarbayjon Milliy Assambleyasi (OMA) deputati ham bo‘lgan.
Hayoti Gulchohra Mammadova Husayn qizi 1953-yil 24-aprelda oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Armaniston SSRning Ararat viloyatida tugʻilgan. Uning otasi Husayn Mammadov Armanistonda jamoat va siyosiy arbob boʻlgan. Uning otasi uzoq yillar yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan. 3 yil Armaniston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. Gulchohra 1971-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Ozarbayjon Politexnika institutining arxitektura fakultetiga oʻqishga kiradi. 1976-yilda yangi tashkil etilgan Ozarbayjon Qurilish muhandislari institutining arxitektura fakultetini tamomladi.
Ilmiy martabasi 1975-yil sentyabr oyida Mammadova Ozarbayjon qurilish muhandislari institutida komsomol kotibi etib saylandi. 1979-yilgacha bu lavozimda ishlaydi. 1979-yilda shu institutning “Arxitektura konstruksiyalari va yodgorliklarni taʼmirlash” kafedrasi assistenti lavozimida ishlay boshladi. Mammadova 1987-yilda kafedra mudiri, 1991-yilda dotsent, 2000-yilda professor lavozimlariga saylangan. 1999-yilda Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining rektori etib tayinlandi.
Mammadovaning ilmiy faoliyati asosan Albaniya arxitekturasi va hozirgi Ozarbayjon hududidagi xristian diniy me'morchiligini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlib, 70 dan ortiq ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Shu jumladan, 2 monografiya, 5 kitob va 60 dan ortiq maqola muallifi hisoblanadi. U koʻplab yodgorliklarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirdi. Bular qatoriga Kish cherkovi, Nij cherkovi va Qum bazilikasini qayta tiklash va ilmiy rekonstruksiya qilish loyihalarini keltirish mumkin. 1985-yilda "Albaniyaning ilk o‘rta asr xristian arxitekturasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda "Albaniyaning diniy arxitekturasi" bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
U koʻplab xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkil etishda ishtirok etgan. Taqdimotlar qilgan, me'moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish boʻyicha bir qancha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. 1985-yildan Ozarbayjon meʼmorlar uyushmasi aʼzosi sifatida ishladi. Xalqaro fanlar akademiyasining Sharqiy Yevropa bo‘limi va Sharq mamlakatlari arxitekturasi xalqaro akademiyasining a’zosi. 2006-yilda u Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan arxitektor faxriy unvoniga sazovor boʻldi. 2009-yil 9-fevralda Mammadova Palmes akademiya ordeni bilan taqdirlandi. Mammadovaga ordenni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Gabriel Keller topshirdi. 2013-yilda akademik Mikayil Huseynov esdalik medali va “Shohrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Siyosiy martabasi U 2000-2005 yillarda Ozarbayjon Milliy Majlisida (OMM) va 2010-yildan boshlab 2015-yilgacha Yangi Ozarbayjon partiyasidan deputat bo‘lganAliyeva, Irada (30 June 2018). "Sənətin qüdrətinə tapınan alim" . Azerbaijan (in Azerbaijani). p. 10. Retrieved 18 December 2020..
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sovet akademiklari Turkum:1953-yilda tugʻilganlar