Herbert Prohaska(1955-yil 8-avgustda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional futbolchi. U Avstriyaning barcha davrlardagi eng buyuk futbolchilari qatoriga kiradi. Prohaska hozirda Avstriya radioeshittirish korporatsiyasida (ORF) futbol eksperti sifatida ishlaydi. Uning laqabi "Schneckerl", jingalak sochlar uchun shunday laqab qo‘yilgan, yoshligidagi jingalak soch turmagi tufayli uning jamoadoshlari uni shunday atashgan. Iqtidorli, nafis va jangovar yarim himoyachi Prohaska maydonda pleymeyker sifatida o‘ynagan va o‘zining texnikasi, aql-zakovati va aniq uzatmalari bilan dunyoga tanilgan.

Klubdagi karyerasi Avstriyaning Vena shahrida tug‘ilgan Prohaska professional faoliyatini 1972-yilda Avstriya Vena futbol klubida boshlagan. 1980-yilga kelib u o‘z klubiga to‘rtta Avstriya ligasida g‘alaba qozonishda va uchta Avstriya kubogida g‘alaba qozonishga yordam bergan. 1980-yilda u "Inter" ga o‘tdi va "neradzurri" bilan ikkinchi mavsumida Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. 1982-yilda u "Roma "ga o‘tdi va u yerda o‘zining birinchi yilidayoq Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. U 1983-yilda Avstriya Venaga qaytib, futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Xalqaro karyerasi Prohaska Avstriya terma jamoasi safida 1974-yil noyabr oyida Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ilk bor debyut qildi va 1978 va 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatlarida ishtirok etdiFIFA Player Statistics – Herbert Prohaska FIFA.com. U 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urganAppearances for Austrian National Team RSSSF. Uning so‘nggi xalqaro o‘yini 1989-yil iyun oyida Islandiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yini bo‘ldi, ammo u 1990-yilgi Jahon chempionatidan oldin faoliyatini yakunladi, Avstriya esa ushbu turnirga yo‘llanma oldi.

Murabbiylik karyerasi 1989-yilda Prohaska futbolni tark etdi. Nafaqaga chiqqanidan ko‘p o‘tmay, u Avstriya Vena jamoasida murabbiy bo‘lib ishladi va u yerda ikki marta Avstriya ligasi va ikki marta Avstriya kubogini qo‘lga kiritdi.

1993-yilda u Avstriya terma jamoasini boshqarib, 1998-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida guruh g‘olibi sifatida ishtirok etdi. 1999-yilda u Ispaniyaga 9:0 hisobidagi halokatli mag‘lubiyatdan keyin iste'foga chiqdi. 1999-yildan 2000-yilgacha u Avstriya Vena klubini boshqarishga qaytdi.

Mukofotlari 2003-yil noyabr oyida Prohaska Avstriya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan so‘nggi 50 yildagi eng ko‘zga ko‘ringan o‘yinchisi sifatida Avstriyaning Oltin futbolchisi sifatida tanlandiGolden Players take centre stage UEFA.com, 29 November 2003. 2004-yil avgust oyida Avstriya futbol assotsiatsiyasi o‘zining 100 yilligini nishonlaganida u Avstriyaning asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildiProhaska honoured in Austria UEFA.com, 18 August 2004. thumb| Prohaska 2013-yilda ORFda sharhlovchi sifatida o‘yinni sharhlamoqda

OAVda faoliyati Avstriyaning ORF radioeshittirish korporatsiyasida ekspert bo‘lib ishlagan Prohaska 2006-yilgi Jahon chempionatida hakam Grem Pollning mashhur sariq kartochkadagi qo‘pol xatosiRef Poll sent home from World Cup BBC Sport, 28 June 2006 o‘yin oldidan spirtli ichimliklarni ko‘p iste'mol qilgani natijasi bo‘lgani deb aytadi.

Yutuqlar

o‘yinchi sifatida

Avstriya Bundesligasi (7): 1976, 1978, 1979, 1980, 1984, 1985, 1986 Avstriya kubogi : 1974, 1977, 1980, 1986 Italiya A Seriya chempionati : 1983-yil Italiya kubogi : 1982-yil

Individual Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Krone-Fußballerwahl): 1975, 1985 Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi (APA-Fußballerwahl): 1984, 1985, 1988 UEFA yubiley mukofotlari (Avstriyaning oltin o‘yinchisi): 2004-yil

Murabbiy sifatida

Avstriya Bundesligasi : 1991, 1992 Avstriya kubogi : 1990, 1992 Avstriyada yilning eng yaxshi murabbiyi (Krone-Fußballerwahl): 1997-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Austria Wien futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1978 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1982 oʻyinchilari