Tamara Alimovna Xoʻjayeva hindshunos olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent – 1939-yil 12-iyulda Toshkentda tugʻilgan. 1957—1962-yillar Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining hind filologiyasi boʻlimida tahsil oldi.

Mehnat faoliyati 1962-yilda Hindistondagi Bhilay metallurgiya zavodiga tarjimon etib yuborildi. 1963-yilda ToshDU sharq fakultetining hind filologiyasi (Hozirgi Janubio Osiyo tillari) kafedrasiga hind tili oʻqituvchisi boʻlib ishga kiradi. 1970-yilda Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida yana Hindistonda ishtirok etdi. 1963-yildan sharq fakultetining Janubiy Osiyo tillari kafedrasida oʻqItuvchi, katta oʻqituvchi va 1986-yildan dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan, talabalarga hind tili, Hindiston adabiyotidan saboq berdi.

Ilmiy faoliyati 1984-yilda Toshkent davlat universitetining ilmiy kengashida „Xudojestvennaya proza Amrity Pritam“ degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyani himoya qildi. 1988-1989-yillar Hindistondagi J. Neru nomidagi universitetda malaka oshirib qaytdi. 1990-yilda Hindistonda Panjob akademiyasi tomonidan olimaning „Amrita Pritamning prozasi“ nomli monografiyasi panjob tilida nashr etildi. Olima 1 ta monografiya, 14 ta ilmiy maqola, 4 ta uslubiy qoʻllanma va 9 ta ilmiy-ommabo maqolalar muallifi.

T. Xoʻjayeva "Oʻzbekiston – Hindiston doʻstlik jamiyatining" faol aʼzolaridan biri hisoblangan.

Asosiy ilmiy ishlari: Poeticheskiy golos Pendjaba. – J-l „Zvezda Vostoka“. T., 1972, № 4. K voprosu ob ideyno-esteticheskix vzglyadax A. Pritam. – Nauchnie trudi TashGU, vip. 430, „Vostokovedenie“. T., 1972. A. Pritam o naznachenii xudojnika slova. – Nauchnie trudi TashGU, vip. 546, „Vostokovedenie“. T., 1977. Jenskiy obraz v rannix romanax A. Pritam. – Nauchnie trudi TashGU, vip. 589, „Vostokovedenie“. T., 1981. O literaturnix kontaktax mejdu Uzbekistanom i Indiey (hind tilida). 1990 Proza A. Pritam. (Monografiya). Hindiston, Panjob akademiyasi 1991. K probleme zapadnix vliyaniy v penjabskoy literature (na pri mere tvorchestva A. Pritam). – Nauchnie trudi TashGU. № 5, „Vos- tokovedenie“, 1992. Indiyskaya literatura i mnogoyazichie. – Oʻsha toʻplamda.

Manbalar