Shamsiya Muhammedovna Qodirova sharqshunos olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1929-yil 31-dekabrda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug'ilgan.

1950-yilda O'rta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetining hind filologiyasi bo'limiga kirib o'qidi. 1955-yilda fakultetni hind tili va adabiyoti hamda rus va ingliz tillari o'qituvchisi ixtisosligi bo'yicha tugatdi.

Mehnat faoliyati Sh. Qodirova mehnat faoliyatini Toshkent poligrafiya bilim yurtida rus tili o'qituvchisi lavozimida ishlashdan boshlagan. 1958-1972-yillar O'zbekiston FA Til va adabiyot institutida laborant, so'ngra ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. 1972-yilda olima Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutiga ishga o'tadi. 1980-1990-yillarga qadar institutning xorijiy talabalar uchun tayyorlov fakultetida rus tili kafedrasining mudirasi vazifasida ishladi. 1991-yildan Toshkent kimyo-texnologiya institutining rus va o'zbek tillari kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko'rsatdi.

Xorijiy mamlakatlardagi mehnat faoliyati 1973-1974-yillarda Hindistonda; 1978-yilda Angliyada; 1979-1980-yillarda Afg'onistonda; 1983-1985-yillar Efiopiyada rus tilidan dars bergan.

Ilmiy faoliyati 1970-yilda "Toshkent mikrotoponimlari" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olima 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, darslik va o'quv qo'llanmalari yozib nashr ettirgan.

Asosiy ilmiy ishlari: Toshkent mikrotoponimlarini nomlash prinsipi. — "O'zbek tili va adabiyoti" j-li. T., 1966, 3-son. Toshkent mikrotoponimlarning etimologik xarakteristikasi — "O'zbek tili va adabiyoti" j-li. T., 1966, 6-son. Словарь грамматических терминов для слушателей подготовительного факультета. Дели. 1975. Словник учебного словаря. (В соавторстве с Р. А. Абдусаматовой). — Кабул. 1980.

Turkum:Kishilar