Pekche — Koreyaning janubi-gʻarbiy qismida miloddan avvalgi 18-yildan milodiy 660-yilgacha mavjud boʻlgan qadimiy koreys qirolligi. U Koguryo va Silla bilan birga Koreyaning uch qirolligi Koreyaning uchta qadimiy qirolligidan biri boʻlgan. Uch qirollik alohida mavjud boʻlgan davrda Pekche eng koʻp aholiga ega boʻlib, uning aholisi taxminan 3,800,000 kishini (760,000 xonadon) tashkil etgan. Bu Silladan 850,000 kishiga koʻp va Koguryo aholisiga teng koʻrsatkich edi.

Pekchega Goguryeo asoschisi Jumong hamda Soseononing uchinchi oʻgʻli Onjo tomonidan Viryesongda (hozirgi Seulning janubiy qismi) asos solingan. Pekche ham, Koguryo kabi, Qadimgi Choson yiqilishi davrida Manjuriyada tashkil topgan Buyyo davlatining vorisi boʻlgan.

Uch qirollik yarim orol ustidan nazoratni kengaytirishga harakat qilar ekan, Pekche Koguryo va Silla oʻzaro urushib hamda ittifoq tuzib turgan. IV asrda oʻzining rivojlanish choʻqqisiga chiqqan Pekche Koreya yarim orolining gʻarbiy qismini, hatto shimoldagi Pxenyangacha boʻlgan hududlarni nazorat qilgan va xitoylik tarixchilar fikricha, Manjuriya va Xitoydagi baʼzi hududlarga ham egalik qilgan boʻlishi mumkin. Ammo bu qarash bahs-munozarali hisoblanadi. U Xitoy va Yaponiya bilan siyosiy va savdo aloqalariga ega muhim mintaqaviy dengiz davlatiga boʻlgan.

Pekche qudratli dengiz davlati boʻlgan. Uning dengizchilik mahorati Sharqiy Osiyoning Finikiyasiga aylanishiga imkon bergan va buddizmning butun Sharqiy Osiyo boʻylab tarqalishida hamda qitʼa madaniyatining Yaponiyaga kirib borishida muhim rol oʻynagan.

660-yilda Pekche Tan urushida magʻlubiyatga uchradi hamda yakunda Birlashgan Silla tarkibiga kirdi.

Pekche soʻnggi qiroli Uijaning oʻgʻli Zenko Yaponiyaga borib, Kudara no Konikishi urugʻiga asos soldi. Bu oila Yaponiya imperatoriga xizmat qilgan.

Etimologiyasi thumb|left|120px|Tan imperiyasi davriga oid Pekche elchilarining VII asrga mansub tasviri

Aksariyat tarixchilar tomonidan qoʻllaniladigan eng keng tarqalgan nom — Paekche yoki Pekche boʻlib, u „yuzta viloyat“ degan maʼnoni anglatadi. Biroq u Onjo tomonidan dastlab koʻchma maʼnoda „oʻnta viloyat“ maʼnosini bildiruvchi 十濟 nomi bilan tashkil etilgan. Faqat Gunchogo (肖古王) hukmronligi davrida davlat nomi Paekche deb oʻzgartirilgan. Shuningdek, manbalarda „buyuk maskan“ degan maʼnoni anglatuvchi va keyinchalik qadimgi yapon tiliga oʻzlashtirilgan endonim — 居陀羅 Kudara nomi ham uchraydi1988, 国語大辞典(新装版) (Kokugo Dai Jiten, Revised Edition) (in Japanese), Tōkyō: Shogakukan.

Manbalar