Some-Nishiki. Bu uslub Some-tsuke va Nishiki-de uslublarining qo‘shilishidan xosil bo‘lgan. Some-tsuke uslubida idishlarning oq siri ostida ko‘k- yashil bo‘yoq bo‘ladi. Nishiki-de uslubida esa, oq sir ustida qizil, yashil, sariq, siyoh rang va ko‘k bo‘yoqlar bo‘ladi. Bu ikii uslubning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan Some- Nishiki uslubidagi buyumlar oq siri ostida ko‘kyashil bo‘yoq, ustida esa turli rangli bo‘yoqlar bo‘ladi. Bu uslubdagi buyumlar Kinrande uslubidagi idishlarga o‘xshaydi. Ammo,Kinrandeuslubida sir ustidan oltin rang ishlatilgani uchun Some-Nishiki uslubidagi idishlarga qaraganda yorqinroq bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda, bu uslub buyumlarini Jo-de (eng yaxshi chinni) deb ham atashgan. Chunki, bu idishlar hukumdorlarga soliq sifatida ham to‘langan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Some - Nishiki · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.