Metalurg futbol klubi – Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 1945-yilda tashkil etilgan futbol jamoasi. Klub Oʻzbekiston Pro ligasi da ishtirok etadi.

Jamoa bosh homiysi va egasi „Oʻzmetkombinat“ aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Klub 1998-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Superligasining doimiy ishtirokchisi boʻlgan.

Tarixi 1945-yilda „Bekobod“ nomi bilan tashkil etilgan. Sovet davrida u SSSR chempionatining Ikkinchi ligasi va Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan, bir necha mavsum Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1985 va 1990-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi boʻlgan. Bekobod shahrining „Metallurg“ jamoasi tarixi 1945-yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan soʻng Oʻzbekistonning metallurglar shahrida millionlar oʻyinini rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Zero poytaxtdan 150 chaqirim uzoqlikda joylashgan industriya shahri aholisi uchun futbol jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar eng yaxshi dam olish vosita sanalgandi. Dastlabki yillarda jamoa asosini N. F. Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashkil etgan. Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. „Metallurg“ bekobodlik futbol ishqibozlarining mehrini qozonib kelgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, Sh. Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoa ayniqsa uy uchrashuvlarida qadrdon muxlislari qarshisida hujumkor oʻyin koʻrsatib, peshqadam klublarni ham bir necha marta dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.

SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yildan Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi. 1997-yilgi mavsumda u 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.

Oʻshandan beri u mamlakat elita boʻlinmasining doimiy aʼzosi. 2002 va 2018-yillarda 5-oʻrinni egallagan va bu Bekobodning „Metallurg“ jamoasining chempionatlardagi eng yuqori yutugʻi edi.

Klubning tugatilishi va qayta tashkil etilishi Oʻzmetkombinat 2024-yilgi mavsum yakunida Metallurg klubini moliyalashtirilishin toʻxtatilishini maʼlum qilganidan soʻng 2025-yilgi mavsum avvalida faoliyati klub faoliyati toʻxtatilgan va jamoa tarqatib yuborilgan. 2026-yil 23-yanvarda klub qayta tiklangan.

Jamoa nomlari tarixi yillarIsm1945—1969-yillar"Bekobod"1969—1991-yillar"Sementchi"1992—1993-yillar"Madanchi"1994-yil - hozirgacha ichida."Metallurg"

Mahalliy musobaqalar tarixi MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.Pos.Pl.WDLGSGAPIsmLiga19922830137104550331/16 final bosqichi199321130811113541271/16 final bosqichi19942734158116636381/8 final bosqichi Ravshan Shukurov181995210226313325321Dastlabki bosqich1996295224622736478Dastlabki bosqich199722422769954287Dastlabki bosqich19981133097143750341/16 final bosqichi Zuhriddin Akbarov6 Sergey Dotsenko19991830116134144391/16 final bosqichi Gʻayrat Odilov10 Yakov Kaprov Usmon Asqaraliyev20001133812818445844 Ulugʻbek Roʻzimov8 Rauf Inileyev Valeriy Lyotkin200111434912134260391/8 final bosqichi Noʻmon Nurmatov Gʻayrat Odilov9 Usmon Asqaraliyev20021530146104035481/8 final bosqichi Vladimir Baranov8 Rustam Mirsodiqov20031133095163669321/8 final bosqichi Hikmat Hoshimov Abbos Abdullayev6 Valeriy Lyotkin2004192683152648271/16 final bosqichi Hikmat Hoshimov6 Rustam Mirsodiqov Eldor Sakayev2005111269215324729Dastlabki bosqich Islom Choriyev Muxtor Qurbonov7 Eldor Sakayev2006114307716364528Chorak final Bahrom Umarov11 Shamil Tolipov Eldor Sakayev20071153065193262231/8 final bosqichi Zohid Abdullayev7 Shamil Tolipov V Rustamov

Valeriy Lyotkin20081730126122834421/8 final bosqichi Hikmat Hoshimov6 Rustam Mirsodiqov200911230710133649311/8 final bosqichi Zohid Abdullayev6 Rustam Mirsodiqov201016269892931351/8 final bosqichi Zohid Abdullayev7 Rustam Mirsodiqov2011182694133542311/8 final bosqichi Ilyos Qurbonov8 Rustam Mirsodiqov2012110268513324629Chorak final Zohid Abdullayev9 Rustam Mirsodiqov20131726103133644331/16 final bosqichi Shahzodbek Nurmatov9 Rustam Mirsodiqov2014192684144454281/8 final bosqichi Sunnatilla Mamadaliyev Shahzodbek Nurmatov8 Rustam Mirsodiqov2015193010614443836Chorak final Shahzodbek Nurmatov10 Rustam Mirsodiqov201617301479473449Chorak final Zohid Abdullayev18 Rustam Mirsodiqov20171103012414403940Uchinchi bosqich Zohid Abdullayev12 Rustam Mirsodiqov20181532127132838431/16 final bosqichi Zohid Abdullayev Islombek Isoqjonov7 Andrey Shipilov20191526989332635Ikkinchi bosqich Zohid Abdullayev Muzaffar Muzaffarov

Stanislav Andreyev

Bahodir Pardaev5 Andrey Shipilov2020172610610303036Chorak final Shaxzod Ubaydullaev8 Andrey Shipilov20211112681172235251/8 final Damir Temirov4 Andrey Shipilov Jasur Abduraimov

Luisma Hernández20221102688101927321/8 final Shohnazar Norbekov7 Luisma Hernández20231102686122635301/8 final Zabihillo Oʻrinboyev7 Luisma Hernández Vesco Stesevic20241132631492230231/8 final Marko Milićković6 Vesco Stesevic Ilyos Qurbonov

Grigoriy Kolosovskiy

Ilyos Qurbonov

Ayollar jamoasi

„Metallurg-Women“ tarixi Toshkent viloyatining industriya shaharlaridan biri – Bekobodda ayollar futboliga asos solinganiga unchalik koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa fursat ichida „Metallurg-Women“ mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. 2012-yil „Metallurg“ futbol klubi rahbariyati mavsum soʻngida ayollar jamoasini tashkil etish hamda Oʻzbekiston chempionatlarida qatnashish taklifini oldinga tashladi va bu Oʻzbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada 2013-yilgi mavsumdan eʼtiboran „Metallurg-Women“ nomi ostida bekobodlik qizlar mamlakat chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini boshlashdi. Tashkil etilgan yiliyoq „Metallurg-Women“ning sovrindorlar safiga kirishi futbol jamoatchiligi tomonidan „syurpriz“ – kutilmagan hol deb qabul qilingan boʻlsa, besh yil davomida „Metallurg-Woman“ aslida katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligini isbotladi. Keyingi mavsumdayoq ayollar futbolimizdagi ikkinchi musobaqa – Oʻzbekiston kubogidagi yorqin gʻalaba buning isboti boʻldi. Poytaxt viloyati vakillari maqsadlariga bosqichma bosqich, sabr-matonat bilan erishib bordilar. Avvaliga bronza medaliga sazovor boʻlgan „Metallurg-Woman“ keyinchalik Oʻzbekiston kubogini, undan soʻng Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin ikkinchi oʻringa almashdi. Bronza medali sifati kumush medal sifatiga oʻzgardi. Tashkil etilganining beshinchi mavsumini esa bekobodliklar beshga topshirishdi! Oʻzbekiston chempionatlari tarixida misli koʻrilmagan natija qayd etildi. „Metallurg-Woman“ chempionatning barcha – 20 ta uchrashuvida gʻalaba qozonib, bironta ham ochko yoʻqotmadi!!! „Metallurg-Women“ning milliy chempionatlarimizdagi natijalari borasida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. „Metallurg-Women“ milliy chempionatimizdan tashqari Oʻzbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida ham zafar quchishgan. Bekobodliklar ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlishgan. 2015-yilgi mavsum finalida „Metallurg-Women“ Qarshining „Sevinch“ jamoasini qoʻshimcha vaqtda 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2017-yilgi mamlakat Kubogi finalida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi dogʻda qoldirildi – 3:1. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi sifatida Superkubok musobaqasida Oʻzbekiston chempioni – „Sevinch“ jamoasi magʻlubiyatga uchratildi. Bu muvaffaqiyatni jamoa 2018-yilda ham takrorladi. Bu safar yangi murabbiylar shtabi boshchiligida bekobodlik qizlar finalda „Bunyodkor-vumen“ni dogʻda qoldirishdi – 2:1. Turli yillarda „Metallurg-Women“ oʻyinchilari mavsum toʻpularlari roʻyxatidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, 2014-yilda Nargiza Abdurasulova (19) ikkinchi natijani koʻrsatdi. 2015-yildan eʼtiboran esa sahnaga „Metallurg-Women“ hujumchisi Lyudmila Karachik koʻtarildi. U 2015-yilda – 66 ta gol bilan chempionatlar rekordi oʻrnatgan boʻlsa, 2016-yilda – 27, 2017-yilda – 42 ta goli bilan karvonboshilikni qoʻldan boy bermadi.

Futzal jamoasi

„Metallurg“ futzal jamoasi tarixi Bekobod shahriga katta futbol ikkinchi jahon urushidan keyin, 1945-yilda kirib kelgan. Metallurglar shahrida shu nom bilan ataluvchi jamoa tuzildi va u poytaxtdan 150 km uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha aholisi uchun asosiy dam olish vositasiga aylandi. Jamoa turli yillarda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, SH.Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoani eng koʻp va samarali boshqargan murabbiylardan biri Rustam Mirsodiqov hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa oʻnta mavsum kuchlilar safidagi mavqeyini saqlab keldi va oliy liga bahslarida ikki marta 5-oʻrinni egallab, eng yaxshi natijani qayd etdi. Aynan ushbu mutaxassis klubga rahbarlik qilib kelgan yillarda Bekobodda futbolning ajralmas qismi – futzalga ham asos solindi. 2016-yili „Metallurg“ PFK qoshida futzal jamoasi ham tuzildi va u mamlakat milliy chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirokini boshladi. Dastlabki mavsumda kuchlilar safida ishtirok etish bekobodliklar uchun oson kechmadi. Biroq gʻayratli, shijotli yoshlarni jamlagan murabbiylar shtabi metallurglar shahrida futbolning bu qiziqarli yoʻnalishining ham shakllanishiga erishdilar.

Stadion Klub oʻz oʻyinlarini 1960-yildan buyon A.Anoxin nomidagi stadionda oʻtkazib keladi. Dastlab stadion 5000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 2009-yilda stadionni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 2012-yilning yozida yangi stadion qurilish ishlari yakunlandi va stadion sigʻimi 15 000 tagacha kengaytirildi va stadion nomi „Metallurg“ stadioni nomini oldi. Stadionning tantanali ochilish marosimi 2012-yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston ligasi doirasidagi „Metallurg“ – „Paxtakor“ uchrashuvida 1:2 hisobida yakunlangan edi.

Yutuqlar SSSR Oʻzbekiston SSR kubogi: Gʻolib (2 marta): 1985, 1990.rsssf.com: http://www.rsssf.com/tableso/oezcuphist.html

Oʻzbekiston Birinchi liga: 2-oʻrin (1 marta): 1997-yil

Jamoa tarkibi

Joriy tarkib

U21