Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Iqtisodiyot fanlari doktori, SSSR Oliy Kengashining 7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati.
Biografiyasi Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov 1930-yil 13-mayda Toshkentda tug‘ilgan. 1953-yildan KPSS (b) (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan. Shuningdek, Zoidov Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Mirg‘iyos Abbosovich 1951-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1951-1990-yillarda oʻrta maktab oʻqituvchisi, komsomol ishchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitasi kotibi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti boʻlim mudirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent sanoat komitetining 2-kotibi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika Kengashi raisi, Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Taftish komissiyasi raisi hamda Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Zoidov SSSR Oliy Kengashining 7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Taniqli sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Zoidov ayni vaqtda nafaqada.
Havolalar
SSSR Oliy Kengashining deputatlari, 9-jild. — „SSSR ishchilar deputatlari Sovetlarining Izvestiya“ nashriyoti. — 1974. — b. 163. Zaidov Zaidov (mavjud havola) GA RF R7523 105 376 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 8 dekabrdan 10 dekabrgacha qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 45-sonli bayonnomaga / No 5141-VIII dan 5149-VIII gacha. . 9-jild GA RF R7523 105 157 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 1 sentyabrdan 9 sentyabrgacha qabul qilingan Farmonlari va qarorlari va ularga materiallar / 15-sonli bayonnomaga / No 2094-VIII dan 2114-songacha. -VIII. 1-jild
Manbalar
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:13-mayda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi taftish komissiyasi raislari