Mukramiylar (1000-1040) — Buvayhiylar vassali sifatida Ummonning sohilboʻyi hududlarida hukmronlik qilgan hukmdorlar sulolasi. Tarixi Poytaxti — Suhor. Pul birligi oltin dinor, ogʻirligi-4,99 gramm, diametri - 22,5 mm. Mamlakat zarbxonasi poytaxt Suhorda joylashgan. Sulola asoschisi Abu Muhammad I Husayn ibn Mukram boʻlib, u buvayhiylarning Forsdagi amiri sifatida faoliyat yuritgan. Ummonning ichki qismlari ibodiy xorijiylar nazoratida boʻlgan. 1042-yilgi Abu Muhammad II Mukramiyga qarshi toʻntarish oqibatida bu mintaqada buvayhiylarning bevosita hukmronligi oʻrnatildiVohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 204-205-betlar. Hukmdorlar roʻyxati + Mukramiylar sulolasiga mansub hukmdorlar T/r Hukmdorlar Hukmronlik yillari 1 Abu Muhammad I Husayn ibn Mukram 1000/1004-1024 2 Abul Qosim Nosiriddin Ali ibn Husayn 1024-1037 3 Abuljaysh ibn Ali 1037-1040 4 Abu Muhammad II ibn Ali 1040-1042 Yana qarang Ummon Sultonligi Buvayhiylar Ibodiylar Manbalar

Turkum: Musulmon sulolalari Turkum:Islom tarixi