Natalya Vladimirovna Derjavina (1942-yil 1-oktabr, Toshkent — 2002-yil 10-mart, Moskva) — S. V. Obrazsov nomidagi qo‘g‘irchoq teatri aktrisasi, „Xayrli tun, bolalar!“ dasturida Xryushaga ovoz berib o‘ynatgan, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist(1995), „TEFI“ mukofoti laureati (1997).
Biografiyasi Natalya Derjavina 1942-yil 1-oktabrda oilasi evakuatsiya qilingan Toshkent shahrida tug‘ilgan. 17 yoshida Natalya Moskva qo‘g‘irchoq teatriga qabul qilingan, u yerda 1959-yildan 1968-yilgacha hamda 1974-yildan 1990-yilgacha ishlagan. 1971-yilda Xryusha rolini olgan. Ushbu rol uchun Derjavina Sergey Obrazsovning qo‘g‘irchoq teatrini tark etishga majbur bo‘lgan. Aktrisaning ikki o‘g‘il farzandi bo‘lgan.
Kasallik va oʻlim Natalya Derjavina hayotining so‘nggi oyida kasallik tufayli o‘z qahramoniga ovoz bera olmagan. O‘limidan biroz oldin aktrissa og‘ir ahvolda Moskvadagi 20-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Aktrisaning oyog‘ida katta yiringli yara bo‘lgan, shoshilinch operatsiya qilish lozim bo‘lgan. Biroq, shifokorlar aytganidek, intoksikatsiya va zaif yurak o‘limga olib kelgan.
Natalya Derjavina 2002-yil 10-martdan 11-martga o‘tar kechasi 60 yoshida Moskvada vafot etgan. Dolgoprudnenskiy qabristoniga dafn etilgan (№ 141a uchastka).
Mukofotlari
Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist (1995-yil 17-mart) — sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun „TEFI“ mukofoti (1997).
Yana qarang
Manbalar
Adabiyot
Havolalar
Natalya Derzhavinaning animatsiyadagi asarlari
Turkum:Rossiyalik aktrisalar Turkum:Sovet aktrisalari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:10-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:1-oktyabrda tugʻilganlar