Rahim Vohidov – (5.08.1942–5.05.2012) – sovet va oʻzbek adabiyotshunosi, fidoyi ustoz, filologiya fanlari doktori (1988), dotsent (1975), professor (1990).
Hayoti va faoliyati Vohidov Rahim Joʻrayevich 1942 yil 5 avgustda Buxoro viloyati Romitan (hoz. Jondor) tumanida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach (1949-1959), Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetida tahsil olgan (1961-1965). Ukrainaning Bogdan Xmelnitskiy shahrida harbiy xizmatni oʻtagan (1965-1966).
Vohidov R. J. 1967 yil 2 sentyabrdan Sergo Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika institutida (hoz. Buxoro davlat universiteti) oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan. Samarqand davlat universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasi huzuridagi 1 yillik aspiranturani (1969-1970) va 2 yillik doktoranturani tugatgan (1977-1978). U oʻzbek, fors-tojik, rus tillarini va arab yozuvini mukammal bilgan.
Rahim Vohidov Buxoro davlat universiteti „Oʻzbek adabiyoti“ kafedrasi oʻqituvchisi (1967-1972), kafedra mudiri (1972-1977), kafedra dotsenti (1975-1988), „Qardosh xalqlar adabiyoti va tojik filologiyasi“ kafedrasi mudiri (1989-1992), „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasi mudiri (1992-1996) sifatida faoliyat yuritgan. 1998 yilda „Tasavvuf va oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasiga asos solgan va 2005 yilgacha mazkur kafedrani boshqargan. Shuningdek, „Oʻzbek va tojik filologiyasi“ fakulteti dekan oʻrinbosari (1978-1979), „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani (1996-1998, 2000-2002) lavozimlarida ishlagan.
R. J. Vohidov Buxoro davlat universitetining „Ilgʻor fan uchun“ gazetasi, „Pedagogik mahorat“ va „Psixologiya“ jurnallari (adabiyot rubrikasi) tahririyat aʼzosi, shuningdek, „BuxDU ilmiy axboroti“ ning „Navoiy gulshani“ rubrikasi asoschisi hamda mazkur jurnal tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Ilmiy-ijodiy faoliyati 1970 yilda Boturxon Valixoʻjayev ilmiy rahbarligida „Shayxim Suhayliy hayoti va adabiy merosi“ mavzuida nomzodlik , 1988 yilda „XV asrning II yarmi, XVI asrning boshlarida oʻzbek, fors-tojik adabiy aloqalari (qiyosiy-tipologik yoʻnalish)“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
R.Vohidov oʻzbek mumtoz adabiyotining yetuk tadqiqotchisi. Rahim Vohidov ilmiy merosining asosiy qismi oʻzbek mumtoz adabiyoti, oʻzbek va fors-tojik adabiy aloqalari , tasavvuf taʼlimotiga oid fundamental tadqiqotlarga bagʻishlangan. Alisher Navoiy sheʼriyatidagi ilohiyot masalalari olim ijodining oʻzak masalalaridan biridir. Navoiyning kosmogoniyasi – falak jismlari, olamlar tuzilishi haqidagi tasavvurlari olim izlanishlarida batafsil bayon etilgan.
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlaridagi oʻzbek-tojik adabiy aloqalari tarixiga oid ilmiy-adabiy, tarixiy-madaniy manbalarni – qoʻlyozmalar, munshaot va bayozlar, memuarlar, tazkiralar, manoqib, tarixiy-badiiy asarlar va tarjimalarni oʻrgangan, ulardagi dalillarni oʻzaro qiyoslab, oʻzbek-tojik adabiy aloqalari, bu adabiyotlarning oʻzaro taʼsiri va aks taʼsiri hamda mushtarakliklariga oid tarjima, zullisonaynlik, tatabbu, tazmin va taxmis, iqtibos, istiqbol va muqobala, shaxsiy munosabatlar singari oʻndan ortiq shakllarini aniqlab, ijtimoiy-estetik mohiyatini tavsiflab bergan.
R.Vohidov oʻz tadqiqotlarida Navoiy anʼanalarining davomiyligi, ilohiyotga munosabat va tarjimachilik masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Shuningdek, adabiyotshunos olim Buxoro adabiy muhiti namoyandalarining ijodini oʻrganishni yetakchi tamoyilga aylantira olgan: uning ilmiy maktabida Mirzashoh Vozeh Buxoriy, Munzim Buxoriy, Ibrohim Subhiy, Mirzo Sodiq Munshiy Jondoriy, Shavkat Buxoriy, Imlo Buxoriy, Xoja Ismat Buxoriy va b. adabiy merosining janriy tarkibi va badiiyati ilmiy tadqiq etilgan.
Professor R.Vohidov 49 ta monografiya va risolalar, 400 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi [5,6,7]. Olim 45 yil davomida oliy oʻquv yurtlarining oʻzbek va tojik guruhlari talabalariga oʻzbek mumtoz adabiyoti, qardosh xalqlar adabiyoti, tasavvuf, mumtoz adabiyot va axloqiy-maʼnaviy tarbiya masalalari, tasavvuf va Sharq mumtoz adabiyoti poetikasi asoslari, badiiy matn tahlili, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan saboq bergan. R.Vohidov rahbarligida 10 nafar tadqiqotchi filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
Tanlangan monografiya va risolalari 1. Suhayliy. T., „Fan“. 1976. – 44 b.
2. Muhaqqiqi buzurgi du adabiyot. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. Dushanbe, „Irfon“. 1977. – 58 b. [9,10]
3. Adabiy taxalluslar haqida. T., „Oʻqituvchi“. 1978. – 52 b.
4. Taxalluslar. Hammuallif: T.Qorayev. T., „Fan“. 1979. – 68 b.
5. Navoiy ijodi – ilhom manbai. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. T., „Fan“. 1981. 74 b.
6. XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning boshlarida oʻzbek va tojik sheʼriyati (Adabiy aloqa va oʻzaro taʼsir masalalari) //Mas’ul muharrir: B. Valixoʻjayev/. T.: „Fan“, 1983. – 143 b.
7. „Majolis un-nafois“ tarjimalari. T., „Fan“. 1984. −72 b.
8. Sheʼriyat shoir yuragi. Hammuallif: M. Hoshimova // Mas’ul muharrir: L.Qayumov. T.: „Fan“, 1987. – 72 b.
9. Qasoskorning nomi barhayot (Mahmud Torobiy qoʻzgʻolonining 750 yilligiga bagʻishlanadi) – Tarix, ona tili va adabiyoti oʻqituvchilariga yordam. Buxoro, 1988. – 27 b.
10. Vzaimosvyazi uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literatur vo vtoroy polovine XV- nachale XVI v. T., 45 str.
11. Ilhom chashmalari. Hammuallif: M. Hoshimova//Mas’ul muharrir: L. P. Qayumov – T.: „Fan“, 1989. –72 b.
12. Sharqning buyuk allomasi. T., „Fan“. 1989. −74 b.
13. Avlodlar taʼzimi. Hammuallif: T.Qorayev. T., „Oʻqituvchi“. 1990. – 116 b.
14. Alisher Navoiy „Xamsat ul-mutahhayyirin“ asarining tojikcha tarjimalari. Hammuallif: M.Qosimova. Buxoro, 1990. −91 b.
15. Adabiy qardoshlik sarhad bilmaydi. Hammuallif: M. Hoshimova. T., „Fan“. 1991. −144 b.
16. Navoiy barhayot (Navoiyshunoslik tarixidan lavhalar). T.: „Fan“, 1991. – 88 b.
17. Ezgulik – umr mazmuni. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. T.: „Fan“, 1992. – 100 b.
18. Navoiyning ikki durdonasi („Xamsatul-mutahayyirin“ va „Majolisun-nafois“ haqida qaydlar)// Mas’ul muharrir: B. Valixoʻjayev/. – T. „Fan“, 1992. – 118 b.
19. Alisher Navoiyning ijod maktabi (Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar davrasida). „Buxoro“, 1994. – 188 b.
20. Alisher Navoiy va ilohiyot. Buxoro, 1994. −210 b.
21. Maʼnaviyat – komillik saodati. Hammuallif: M.Mahmudov. „Maʼnaviyat“, T., 1997. −192 b.
22. Ilohiy ishq jozibasi. Samarqand, „Zarafshon“, 1997. −80 b.
23. Iymon – qalb gavhari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., „Maʼnaviyat“. 1999. −200 b.
24. Navoiy qalbi-la sirlashgan inson: (Professor A.Hayitmetov hayoti va ijodidan lavhalar). T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 1999. – 73 b.
25. Soʻz bagʻridagi maʼrifat. Hammualliflar: H.Neʼmatov, M. Mahmudov. T., „Yozuvchi“, 2000. – 144 b.
26. Ishq – maʼrifat qanoti. T., „Abu Ali ibn Sino“ tibbiyot nashr., 2001. −108 b.
27. Mumtoz adabiyot – hikmat xazinasi. Hammuallif: H.Eshonqulov. Buxoro, BuxDU nashr., 2001. −152 b.
28. Ustod Sadriddin Ayniy saboqlari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., „Fan“. 2004. −320 b.
29. Biz bilgan va bilmagan Bobur. T., „Zarqalam“, 2005. −122 b.
30. „Yogʻdi oʻt ustigʻa qor“. T., „Zarqalam“, 2005. −114 b.
31. Navoiy merosiga oshufta koʻngil (Hasbi hol yoʻnalishidagi ilmiy-ommabop risola. Toʻldirilgan ikkinchi nashri). T. „Fan“, 2005. – 138 b.
32. Samarqandning ilmiy vijdoni (Akademik B. N. Valixoʻjayevning adabiyotshunoslik faoliyatiga doir ilmiy-ommabop risola). T., „Fan“, 2005. – 176 b.
33. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi. Oʻquv qoʻllanma. Hammuallif: H. Eshonqulov. T., OʻzR Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashr., 2006. – 528 b.[30,31]
34. Yillardan qolgan maʼnaviy yodgorlik. T., „Zarqalam“, 2007. −285 b.
35. „Armonga aylangan adabiy orzular“. T., „Fan“. 2009. −113 b.
36. Maxsumlarda voyaga yetgan chinor. T., „Muharrir“, 2010. −180 b.
37. Umrim daftaridan sahifalar. T., „Muharrir“, 2012. −191 b.
Tanlangan maqolalari 1. Sayfi Saroiy (hammuallif: O. Safarov). „Ilgʻor fan uchun“ roʻznomasi, 1962, 12 dekabr
2. Shayxim Suhayliy va Alisher Navoiy. (hammuallif: B. Valixoʻjayev). „Haqiqati Oʻzbekiston“ roʻznomasi. 1968, 10 fevral
3. Istoriya izucheniya tvorchestva Shayximbeka Suxayli. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI. Tashkent. „Fan“. 1969. S.40-41.
4. Redif v uzbekskoy klassicheskoy literature. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI. Tashkent. „Fan“. 1969. S.59-60.
5. Amir Shayxim Suhayliy (tojik tilida). – „Sadoi Sharq“ jurnali, 1970. soni 2. Sahifahoi 127-131.
6. Suhayliy tarjimai holiga oid yangi maʼlumotlar. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari. Yangi nashr. 1970. Samarqand, 95-101 b.
7. Shayxim Suhayliyning yangi devoni haqida. „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1972. 1-son, 91-b.
8. Sadriddin Ayniyning adabiy-tanqidiy qarashlari (hammuallif: T. Qorayev). „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1972. 14- 18 b.
9. Ustoz Ayniy va Subhiy (tojik tilida). Tojikiston Respublikasi „Maorif va madaniyat“ roʻznomasi, 1974. 16 aprel.
10.Issledovaniya tvorchestva poeta Xiromi. (Soavtori: O.Safarov, X.Nigmatov). „Sovetskaya tyurkologiya“. 1978, № 3. S.102-104.
11. Sadriddin Ayniy va oʻzbek ijodkorlari. – Toʻplamda: Ayniy zamondoshlari xotirasida. T., Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1978. 138-153 betlar
12. „Radoif ul-ash’or“ XV asr II yarmi adabiyotini oʻrganishda muhim manba. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari. Yangi nashr. Samarqand, 1979. 94-101 b.
13. Saodatning kaliti (hammuallif: N. Komilov). „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1982, 2 aprel
14.Ibn Sino va Dante (hammualliflar: M. Sulaymonov, Yo. Hamroyev). Guliston jurnali, 1984. 21-son, 27-28 b.
15. Zullisonaynlik va adabiy jarayon. Oʻzbek tili va adabiyoti, 1987. 4-son, 67-72 b.
16. Qardoshlikning nurli sahifalari. „Sharq yulduzi“, 1987. 6-son.194-197 b.
17. Nekotorie kommentarii po uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literature. „Adabiy meros“. 1988. № 1(43). S.54-59.
18. Tatabbu’, tazmin, taxmis (na russ.yaz). „Adabiy meros“. 1988. № 4(46). S.56-59
19. „Majolis-un nafois“ va zullisonaynlik masalasi. Toʻplamda: A.Navoiyning adabiy mahorati masalalari. 1988. T., „Fan“, 135-156 b.
20. Xoja Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy. „Oʻzbek tili va adabiyoti“. 1991. 4-son, 25-32 b.
21. Hamza gʻazallarida talmeh sanʼati (hammuallif: M.Hoshimova). „Til va adabiyot taʼlimi“, 1992. 5-6 sonlar. 37- 40 b.
22. Nurli choʻqqilar hali oldinda (hammuallif: S. Mirzayev). B. Valixoʻjayev asarlari koʻrsatkichi. 1992. Samarqand, 3-14 b.
23. „Oqil ersang nafsi baddin boʻlgil bezor“. „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1994. 1-2 sonlar, 35-39 b.
24. „Latoifnoma“ latofati. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1995, 3 fevral
25. Maʼnaviy shakllanish azoblari. Sh. Hayitovning „Mahbub-ul qulub“da tasavvufiy jilolar kitobiga soʻzboshi. 1996. T., „Fan“, 3-5 b.
26. „Emas oson bu maydon ichra turmoq“. 1996. „Adabiy Buxoro“, Buxoro, 71-82 b.
27. „Har ne qilsang, oshiq qilgil Parvardigor“. 1996. „Maʼrifat“ gazetasi, 16 noyabr
28. Mashrab ijodi Fitrat talqinida. „Oʻzbek tili va adabiyoti“. 1997. 4-son, 20-26 b.
29. „Navoiy sheʼriga solgʻil quloqni“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi, 1997, 7 fevral
30.Jomiy „Bahoriston“ida adabiy hayot tasviri. Toʻplamda: „Abdurahmon Jomiy“.1997. T., 12-17 b.
31. Nurli manzil sari intiladi umr karvoni. G.Boltayevaning „Alisher Navoiy. Fusuli Arbaa“ kitobiga soʻzboshi. 1998. Buxoro „Ilm“, 3-7 b.
32.Besh hayrat. „Jamiyat va boshqaruv“. 1998. 3-son, 50-52 b.
33.Inson qalbi – Xoliq jilvagohi. Sh. Hayitov kitobiga soʻzboshi. 2000. T. „Fan“, 3 b.
34. Tasavvuf – axloqiy poklanish maktabi. I. Haqqulov. Tasavvuf saboqlari kitobiga soʻzboshi. 2000. Buxoro, 3-13 b.
35. „Xamsat ul-mutaxayyirin“ da barkamol inson timsoli (hammualliflar: Sh. Hayitov, Z. Qosimova). 2000, „Ulugʻ Alisher Navoiy“, Qarshi 53 b.
36. Lugʻat va hadislarda iymon talqini. „Pedagogik mahorat“, 2001. 1-son, 14-21 b.
37. Sodiq Jondoriy -serqirra isteʼdod sohibi. D.Karimova kitobiga soʻzboshi. Sodiq Munshiy – Jondorning