Raphaël Adelino José Guerreiro (; 1993-yil 22-dekabrda Fransiyada tugʻilgan) – portugaliyalik futbolchi, Dortmundning „Borussia“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2018-yilgi jahon chempionati va 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2012-yil 27-iyulda u „Gazélec“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati 2014-yil 18-noyabr kuni Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Raphaël Guerreiro Portugaliya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Raphaël Guerreiro Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Turnirda u Angliya, Italiya, Germaniya va ikki marta Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilning yozida Raphaël Guerreiro Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Islandiya, Avstriya, Xorvatiya, Polsha, Uels va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. 2017-yilda Raphaël Guerreiro Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Rossiya va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2018-yilda Raphaël Guerreiro Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Marokash, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2021-yilda Raphaël Guerreiro ikkinchi marta 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Vengriya, Germaniya, Fransiya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika Jamoa MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolS. M. Caen2012—201338130--411Jami3813000411F. C. Lorient2013—201434000--3402014—201534720--3672015—201634370--413Jami10210900011110Borussia Dortmund2016—201724650613572017—20189120411522018—201923230643262019—202029810803882020—202127550814062021—202223410412852022—20231212042183Jami14727190401020637Umumiy faoliyatida 28738310401035848
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari