thumb|250x250px| Ikkinchi jahon urushi davrida Yevropada Holokost xaritasi. Xaritada barcha qirgʻin lagerlari (oʻlim lagerlari), aksariyat asosiy konslagerlar va mehnat lagerlari, qamoq lagerlari, gettolar, asosiy deportatsiya yoʻllari va yirik qirgʻin joylari koʻrsatilgan.

Mechelen tranzit lageri — Ikkinchi jahon urushi davrida barpo etilgan Dossindagi hibs va deportatsiya lageri, Mechelendagi eng qadimgi kazarma o‘rnida bunyod etilgan, natsistlar tomonidan bosib olingan Belgiya davlati hududida joylashgan.

Tranzit lager xavfsizlik politsiyasi nazorati ostida bo‘lgan (). Mahkama Belgiyadan yahudiylar, siganlar va boshqa ozchiliklarni Germaniya tomonidan bosib olingan Polshadagi Xaydebrek- Kozel mehnat lageri va Osvensim-Birkenau konslagerlariga toʻplash va deportatsiya qilish bilan shug‘ullangan.

Ikkinchi Jahon urushi paytida, 1942-yil 4-avgustdan 1944-yil 31-iyulgacha boʻlgan davrda 28 ta poyezd 25 000 dan ortiq yahudiy va siganlarni Mechelendan deportatsiya qilindi, ularning aksariyati Osvensim-Birkenau oʻlim lagerlariga yuborilgan. Mahbuslardan faqat 1240 tasi tirik qolgan.

1996-yildan beri kazarmadagi Xolokost muzeyi Deportatsiya va qarshilik muzeyi nomi bilan urush davrining qaygʻuli voqealarini eslatib turadi.

Manzil

1942-yilning yozida natsistlar ishgʻol qilingan Belgiyadan yahudiylarni deportatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi, yahudiylarning qariyb 90 foizi mamlakat shimolida, Antverpen yaqinida yoki Bryusselda yashagan. Ushbu shaharlarning orasida Mechelen joylashgan boʻlib, u oson transportni taʼminlovchi yirik temir yoʻl kesishmasiga ega, shuningdek, sharqqa borishga qulay edi. Mahalliy yuk punktini bogʻlaydigan temir yoʻl Dijle daryosining aylanma kanali boʻylab shaharning markaziy qismidagi halqa yoʻliga olib borgan, u yerdan temiryo‘l general-leytenant Baron Dossin-de harbiy kazarmalari bo‘ylab o‘tgan. Bu esa mahbuslarni tashish uchun qulaylik tug'dirgan.

Harakatlar Lager xodimlari asosan nemislardan iborat boʻlgan, lekin unga Algemeene-SS Vlaanderen („General SS Flanders“) dan belgiyalik hamkorlikdagi harbiy kuchlar yordam berishdi. Lager rasmiy ravishda Fort Breendonk komendanti Filipp Shmitt qoʻmondonligi ostida edi. Mechelendagi komendant vazifasini bajaruvchi SS zobiti Rudolf Stekman edi.

Birinchi guruh odamlar lagerga 1942-yil 27-iyulda Antverpendan yetib kelishdi. 1942-yil avgust-dekabr oylari orasida har haftada har birida 1000 ga yaqin yahudiy boʻlgan ikkita transport lagerdan Osvensim konslageriga joʻnab ketdi. 1942-yil 4-avgustdan 1944-yil 31-iyulgacha Mechelendan Polshaga jami 28 ta poyezd joʻnab ketdi, ularda 24916 yahudiy va 351 siganlar bor edi; ularning aksariyati Osvensimga yoʻl olgan. Bu raqam Holokost paytida oʻldirilgan Belgiya yahudiylarining yarmidan koʻpini tashkil etadi. Natsistlarning irqiy siyosatiga koʻra, keyinchalik sigan genotsidi deb nomlandi, 1944-yil boshida 351 belgiyalik siganlar Osvensimga yuborilgan.

Mechelen lageridagi sharoitlar shafqatsiz boʻlgan. Koʻpgina siganlar bir necha hafta yoki oylar davomida oziq-ovqat va sanitariya-texnik vositalarsiz yertoʻlalarda qamalib qolishgan, ularning omon qolish darajasi ayniqsa past edi.

Mechelendan Osvensim-Birkenauga transportlarDeportatsiya qilingan odamlarning yoshi (15 yoshdan katta va kichik) va jinsi boʻyicha.<small>Deportatsiya qilinganlarning hammasi yahudiy boʻlgan, bundan Transport Z mustasnoTransportSanaErkaklarOʻgʻil bolalar AyollarQizlar JamiTransport 1 1942-yil 4-avgust5442840323998Transport 21942-yil 11-avgust4592548926999Transport 31942-yil 15-iyun38048522501000Transport 41942-yil 18-avgust339133415112999Transport 5 1942-yil 25-avgust3978842981995Transport 61942-yil 29-avgust 35560531541000Transport 71942-yil 1-sentyabr2821634011541000Transport 81942-yil 10-sentyabr388111403981000Transport 91942-yil 12-sentyabr408914011001000Transport 101942-yil 15-sentyabr405132414971048Transport 11 1942-yil 26-sentyabr5622317132361742 yilTransport 121942-yil 10-oktyabr310135423131999Transport 131942-yil 10-oktyabr2288925999675Transport 14 1942-yil 24-oktyabr324112438121995Transport 151942-yil 24-oktyabr314309339476Transport 161942-yil 31-oktyabr 686169427823Transport 171942 yil 31-oktyabr 6294516932875Transport 181943-yil 15-yanvar35310542465947Transport 191943-yil 15-yanvar2395127052612Transport 201943-yil 19-aprel4631156991271404Transport 21 1943-yil 31-iyul672103707711553Transport 22a 1943-yil 20-sentyabr2913926536631Transport 22b1943 yil 20-sentyabr3057435164794Transport 231944-yil 15-yanvar3073329322655Transport Z1944-yil 15-yanvar859110174351Transport 241944-yil 4-aprel 3032927518625Transport 251944-yil 19-may2372023021508Transport 26 1944-yil 31-iyul2801525117563 Jami1942-yil avgust — 1944-yil iyul10,5452,21210,4632,047''|| 25,267''' Manbalar

Turkum:Konslagerlar