thumb|Nasima Razmyar 2017-yil iyun oyida. Nasima Razmyor (1984-yil 13-sentabrda tugʻilgan, Afgʻoniston, Kobul ) — afgʻon - fin siyosatchisi, Sotsial-demokratik partiya vakili. Razmyar 2015-yilda saylovlarda 5156 ovoz to‘plab, Finlandiya parlamentiga saylangan edi. U parlamentda 2017-yilning iyunigacha ishlagan, keyin Xelsinki merining madaniyat va hordiq chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari etib saylangan. Shuningdek, 2012-yildan beri Xelsinki shahar kengashi aʼzosi
Razmyarning oilasi Finlandiyaga Moskvadan kelgan, u yerda uning otasi Muhammad Dovud Razmyar Afgʻoniston Demokratik Respublikasining Sovet Ittifoqidagi elchisi boʻlgan. Oila Finlandiyaga 1993-yilda prezident Muhammad Najibulla hokimiyatdan chetlatilganidan keyin ko‘chib o‘tgan. 2010-yilda Razmyar yilning eng yaxshi qochqin ayoli deb topildi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar