Alfredo José Morelos Aviléz (; 1996-yil 21-iyunda Kolumbiyada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Rangers“ futbol klubi va Kolumbiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Alfredo Morelos professional faoliyatini „Independiente Medellín“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 1-sentyabrda Mustang kubogida „Rionegro Águilas“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 6-sentyabr kuni „Zipaquira“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos jamoadagi ilk golini urd.
2016-yil boshida Alfredo Morelos oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Finlandiya „HJK“ jamoasiga ijaraga oʻtgan. 2-aprel kuni „Mariehamn“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Viekkaus ligasida debyut qilgan. 8-aprel kuni „WPS“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „HJK“ safida birinchi golini urgan. Ijara tugagandan soʻng, u „Independiente Medellin“ futbol klubiga qaytgan.
2017-yilning yozida Alfredo Morelos Shotlandiyaning „Rangers“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,2 million yevroni tashkil qilgan. 29-iyun kuni Alfredo Morelos asosiy jamoadagi debyutini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga qarshi o‘tkazgan. U Shotlandiya premyer ligasida debyutini 6-avgust kuni „Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 12-avgust kuni „Hibernian“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „Rangers“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2013-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi bilan Alfredo Morelos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ekvador, Venesuela, Paragvay va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Nilsson Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Turnirda Argentina, Urugvay, Braziliya, Chili, Venesuela va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.
2018-yilning 8-sentyabr kuni Alfredo Morelos Kolumbiya terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
Statistika JamoaTemporadaLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaIndependiente Medellín2014610850—14602015600500—1100Jami12101350—2560HJK Helsinki201630165710364043308201712115750—19165Jami42271014153640624613Rangers F. C.2017—201835147641200431882018—20193018858013434830112019—202026123433171444729102020—20212912920013584417172021—2022261174101261421882022—202310311006001731Jami15670352216463291624111554Umumiy faoliyatida21098454936769331632816768
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Santos F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Nacional futbolchilari Turkum:Categoría Primera A futbolchilari Turkum:Veikkausliiga futbolchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari