Yasser Anwar Corona Delgado (; 1987-yil 28-iyulda Meksikaning Tepic shahrida tugʻilgan) – meksikalik himoyachi.

Klublardagi faoliyati Yasser Corona faoliyatini „Monarcas Morelia“ klubida boshlagan. 2006-yil 12-noyabrda u MX ligasida „Amerika“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Yasser Corona „Chiapas“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2009-yil 26-iyulda u yangi klubi safida „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan. 15-noyabr kuni „Atlas“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Yasser Corona oʻzining birinchi golini eng yuqori darajada urgan.

Keyingi mavsumda „Monarcas Morelia“ rahbariyati yana Yasser Coronani ijaraga yuborgan. Soʻng u „Puebla“ futbol klubiga oʻtgan. 2010-yil 25-iyulda „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u klub safida debyut qilgan. 7-noyabr kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi bahsda Yasser Corona „Puebla“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2-noyabr kuni „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Monarcas Morelia“ safida birinchi golni raqib darvozasiga kiritgan.

2013-yilning yozida Yasser Corona „Querétaro“ futbol klubi koʻchib oʻtgan. 28-iyul kuni „UNAM Pumas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 1-avgust kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi bahsda Yasser Corona oʻzining birinchi golini urgan. 2015- yilda Yasser Corona „Querétaro“ futbol klubiga chempionatning kumush medalini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

2016-yilning yozida Yasser Corona „Tijuana“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 16-iyul kuni sobiq jamoasi „Monarcas Morelia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Yasser Corona CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Trinidad va Tobago va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilda Yasser Corona AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Yamayka jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

Statistika Jamoa  MamlakatMavsumOʻyin   GolMonarcas Morelia200610Venados Fútbol Club2007—2009291Chiapas Fútbol Club2009—2010271Club Puebla2010—2011342Monarcas Morelia2011142Chiapas Fútbol Club2012101San Luis Fútbol Club2013153Querétaro Fútbol Club2013—2016848Club Tijuana2016—2017171Umumiy faoliyatida23119

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar