Mohammed Khalid Saeid (; 1990-yil 24- dekabrda Shvetsiyaning Örebro shahrida tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Sirius“ futbol klubi va Eritreya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Mohammed Saeid „BC Forward“ futbol klubi bitiruvchisi. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlardan birida Angliyaning „Fulham“ jamoasiga qarshi oʻyinda unga „West Bromwich“ futbol klubi skautlari qiziqish bildirgan. Klub Mohammed Saeidga shartnoma tuzishni taklif qilgan. 2009-yilda Mohammed Saeid oʻz Vataniga qaytib, „BC Forward“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2010-yilda Shvetsiya birinchi divizionida jamoa safida debyut qilgan. Ikki yil oʻtgach, Mohammed Saeid „Örebro“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2-aprel kuni „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Allsvenskan“ futbol klubida debyut qilgan. 16-may kuni „AIK“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Mohammed Saeid „Örebro“ safida ilk golini urgan. 2015-yilda erkin agent sifatida u „Columbus Crew“ MLS futbol klubiga oʻtgan. Amerika ligasida u 14-mart kuni Kanadaning „Toronto“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Mohammed Saeid debyut mavsumida jamoaga finalga chiqishga yordam bergan. 23-avgust kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urgan. 2017-yilgi mavsum oxirida „Colorado Rapids“ futbol klubi Mohammed Saeid bilan shartnoma tuzgan. 2017-yilning 29-dekabrida Mohammed Saeid Daniya Superligasida „Lyngby“ futbol klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. 2018-yilning 3-avgustida u 2021-yilgacha shartnoma imzolab, Shvetsiyaning „Sirius“ jamoasiga o‘tgan.

Xalqaro faoliyati Mohammed Saeid Eritreya terma jamoasidagi debyutini 2019-yilning 10-sentabr kuni JCh-2022 saralashida Namibiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.

Statistika +JamoaMamlakatMavsumBK Forward2002West Bromwich Albion2002—2009Örebro SK2012—2014Columbus Crew2015—2016Lyngby BK2017Minnesota United2018IK Sirius2018—2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Eritreyalik erkak futbolchilar