Henrik Daniel „Daja“ Sjölund (; 1983-yil 22-aprelda tugʻilgan) — Finlandiyalik sobiq futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Djurgårdens IF va IFK Norrköpingda oʻynagan oʻyinlari bilan tanilgan. Finlandiya terma jamoasi safida 37 oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyati left|thumb|316x316px| Sjölund 2011-yilda Djurgårdenda Daniel Sjölund Finlandiaga qarashli Aland shahrida joylashgan Finström munitsipalitetida tugʻilgan. Oʻz faoliyatini IF Finströms Kamraternada boshlagan. Keyinchalik IFK Mariehamn va IF Brommapojkarnada oʻynagan. Finlandiya yoshlar jamoalari safida ajoyib oʻyinlardan soʻng atigi 16 yoshida West Ham United bilan shartnoma imzoladi. 2000-yilda Liverpool bosh murabbiyi Gérard Houllier isteʼdodli hujumchi uchun 1 million funt sterling toʻlashga rozi boʻldi. „Liverpool“da asosiy tarkibga kira olmaganidan soʻng, Sjölund Djurgårdenga 2003-yilgi mavsumda avval ijara, keyin esa doimiy shartnoma asosida qoʻshildi. Djurgården bilan ikki marta Shvetsiya chempionligi va ikki marta Shvetsiya kubogini qoʻlga kiritgan. 2005-yilgi mavsum Sjölundning Djurgården bilan liga doirasida yettita gol urgan.
17 yoshidan boshlab 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar safida doimiy oʻynagan Sjölund 2003-yilning 22-mayida Norvegiyaga qarshi oʻyinda Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Finlandiya terma jamoasi safida 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan
2012-yil sentyabr oyida Sjölund Djurgårdendagi 200-raqamli futbolkada ligadagi 200-oʻyinini oʻtkazdi. Ammo bir necha oy oʻtgach, klub shartnomani uzaytirmasligini eʼlon qildi.
Sjölund 2013-yil 4-fevralda Åtvidabergs FF bilan shartnoma imzoladi va ikki mavsum davomida klubda oʻynadi. 2014-yilgi mavsumda mahalliy raqib IFK Norrköping bilan oldindan shartnoma imzoladi va 2015-yilgi mavsumda jamoaga qoʻshildi.
Sjölund IFK Mariehamn bilan 2019-yilgi mavsum uchun qayta shartnoma imzoladiAvtalet mellan Grönvitt och Daja undertecknat , ifkfotboll.ax. Oktyabr oyi oʻrtalarida Sjölund futbolchilik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilindiDaniel Sjölund lägger skorna på hyllan, hbl.fi, 16 October 2019.
Sjölund nafaqaga chiqqanidan bir yil boʻlmasidan Finlandiya toʻrtinchi ligasidagi Aland klubiga oʻtdiSjölund gör oväntad comeback: „Förstärkning för slutspurten“, fotbollskanalen.se. 2021-yilning noyabrida Sjölund Aland bilan murabbiy sifatida uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi„Daja“ ny tränare för FC Åland, Ålands Radio.
Shaxsiy hayoti Sjölundning singlisi Annica Sjölund ham Finlandiya terma jamoasi safida 2009-yilda Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 musobaqasida qatnashgan
Faoliyat statistikasi
+KlubMavsumLigaKubokLigaYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIFK Mariehamn1998Kakkonen184———184199997———97Jami271100———2711Brommapojkarna1999Diviziya1 Norra90——90Jami9000——0090West Ham1999—2000Angliya Premyer-ligasi0000000000002000—2001000000000000Jami000000000000Liverpool2000—2001Angliya Premyer-ligasi0000000000002001—20020000000000002002—2003000000000000Jami000000000000Djurgården2003Allsvenskan19331—10234200417143—2030264200522766—20613614200626230—2010322200723510—245200810100—30131200919300—00193201014000—140201128221—303201227310—283Jami205272011—10010124539Åtvidaberg2013Allsvenskan28641—327201423031—261Jami51672—0000588IFK Norrköping2015Allsvenskan28250—332201627250—20342201725140—3032120188100———81Jami846140—50001036IFK Mariehamn2019Veikkausliiga17020———190FC Åland2020Kolmonen3100——3120217100——30101Jami10200——30132Jami faoliyati3804143130015013145155
Xalqaro gollari
+ T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Manbalar 1. 2005-yil 12-noyabr Olimpiya stadioni, Xelsinki 1—0 2—2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2008-yil 10-sentyabr Olimpiya stadioni, Xelsinki 3—2 3—3 FIFA Jahon chempionati 2010 saralash
Xalqaro
Finlandiya terma jamoasi Yil Ishtirok Gollar 2003-yil 2 0 2004-yil 2 0 2005-yil 4 1 2006-yil 1 0 2007-yil 6 0 2008-yil 3 1 2009-yil 4 0 2010-yil 4 0 2011-yil 5 0 2012-yil 6 0 Jami 37 2
Yutuqlari
Klub
Djurgårdens IF
Allsvenskan (2): 2003, 2005 Svenska Cupen (2): 2004, 2005
IFK Norrköping
Allsvenskan (1): 2015-yil
Individual
Shvetsiyada yilning eng yaxshi goli (1): 2005-yil Årets Järnkamin (1): 2008-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar