Nasib – qasidaning lirik muqaddimasi bo‘lib, unda shoir o‘z hissiyotlari va rashki, mahbubasidan ajralib chekkan azoblari va muhabbat quvonchlari haqida hikoya qiladi. Ushbu janrning rivojlanishi badaviy shoirning qahramonliklariga sabab bo‘lgan mahbubasini ulug‘lash bilan bog‘liq. Qoʻllanilish davri Islomgacha bo‘lgan davrdagi muhabbat lirikasidayoq ikkita yo‘nalish – badaviy va saroy yo‘nalishlari ko‘zga tashlana boshlagan. Badaviy shoirlarning lirikasi oshkora ehtirosli bo‘lgan. Ammo unda hali Vizantiya va Eron madaniyatining ta’siriga uchragan va saroy hayotidagi to‘kin-sochinlikdan «buzilgan» shoirlarda ko‘zga tashlanadigan shahvoniy behayolik yo‘q edi. Qadimgi arab she’riyatida muhabbat mavzuidagi she’rlar juda kam uchraydi. Muhabbat haqidagi satrlar qasida tarkibiga o‘zini hurmat qiladigan hech bir shoir qasidaningning asosiy mazmuniga o‘tishdan avval to‘xtalmay o‘tmaydigan lirik muqaddimaning elementi sifatida kiradi. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Nasib janri · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.