Tamara Nikolayevna Moskvina (ruscga: Tamara Nikolaevna Moskvina; qizlik ismi Bratus; 1941-yil 26-iyunda tugʻilgan) — juftikda konkida uchish boʻyicha murabbiy va musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Aleksey Mishin„Interview with Alexei Mishin“ (in Russian). TV Park magazine. 28 March 2003. Archived from the original on 9 November 2005. bilan juftlikda musobaqalarda ishtirok etib, 1969-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori va Sovet Ittifoqining milliy chempioni bo‘lgan.

Moskvina yakka holda konkida uchuvchi sifatida besh karra (1962-1966) Sovet Ittifoqining milliy chempioni boʻlgan. Igor Moskvin bilan turmush qurgan. Moskvina Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiladi.

Faoliyati Moskvina 1965-yilda Aleksey Mishin bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 1966-yilgi qishki Universiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan va 1967-yilda oʻzlarining birinchi Yevropa va Jahon chempionatlariga yoʻllanma olganlar. 1967-yilda „Yubileyniy“ sport saroyi ochilgandan soʻng, saroy ularning mashgʻulot maydoniga aylangan.

Moskvina / Mishin juftligi 1968-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda ular ikki karra Olimpiya musobaqasining oltin medali sohiblari boʻlgan Lyudmila Belousova / Oleg Protopopov va boʻlajak chempionlar Irina Rodnina / Aleksey Ulanov juftligini magʻlub etib, Sovet milliy chempionligini qoʻlga kiritganlar. Moskvina / Mishin juftligi 1969-yili boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida qatnashib, bronza keyin esa 1969-yilgi Jahon chempionatida kumush medal sohibiga aylangan. Moskvina 1969-yilda oila qurish maqsadida musobaqalarni tark etishga qaror qilgan.

Murabbiy sifatida 2022 — 2023-yilgi mavsumda Moskvina quyidagi juftliklarga murabbiylik qilgan:

Aleksandra Boykova / Dmitriy Kozlovskiy Anastasiya Mishina / Aleksandr Gallyamov Yasmina Qodirova / Valeriy Kolesov

Moskvina quyidagi juftliklarga murabbiylik qilgan:

Irina Vorobyeva / Aleksandr Vlassov Irina Vorobyeva / Igor Lisovskiy Yelena Valova / Oleg Vasilyev Natalya Mishkutenok / Artur Dmitriyev Elena Bechke / Denis Petrov Oksana Kazakova / Artur Dmitriyev Ylena Berejnaya / Anton Sixarulidze Yuko Kavaguchi / Aleksandr Markuntsov Kyoko Ina / Jon Zimmerman Julia Obertas / Sergey Slavnov Yuko Kavaguti / Aleksandr Smirnov Alisa Efimova / Aleksandr Korovin Yasmina Qodirova / Ivan Balchenko

Natijalari

Mishin bilan Xalqaro Musobaqa 1965-66 1966-67 1967-68 1968-69 Qishki Olimpiya oʻyinlari 5 Jahon chempionatlari 6 4 2 Yevropa chempionati 6 2 3 „Moskva yangiliklari“ turniri 1 1 Qishki Universiada 3 Milliy Sovet chempionati 3 2 2 1

Gavrilov bilan Milliy Musobaqa 1965 Sovet chempionati 1

Yakka holda Xalqaro Musobaqa 1959 1960 1961 1962 1963 1964 1965 1966 Yevropa chempionati 27 19 20 14 Milliy Sovet chempionati 9 2 2 1 1 1 1 1

Manbalar

Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar