Diafra Sakho (; 1989-yil 24-dekabrda Senegalda tugʻilgan) — senegallik futbolchi, Saudiyaning „Al-Ittihad“ futbol klubi hujumchisi. Senegal terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati Diafra Sakho „Metz“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2009-yilda zaxira jamoa safida 22 ta o‘yinda 17 ta gol urgan va chempionat uchun asosiy tarkibdan joy olgan. Diafra Sakho 2010-yilning 19-yanvarida asosiy jamoa tarkibida debyutini „Brest“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 2010-yil 10-sentabrda „Nantes“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Diafra Sakho „Metz“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2012-yilda doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Bolton“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 4-fevral kuni „Arles-Avignon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho yangi klub safida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi mavsumda Sakho 37 oʻyinda 20 ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2014-yilning yozida Diafra Sakho Angliyaning „West Ham United“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 4,5 million funtni tashkil qilgan. 23-avgust kuni „Crystal Palace“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho ikkinchi boʻlimda Karlton Koul oʻrniga Angliya premyer ligasida debyut qilgan. 15-sentabr kuni „Hull City“ futbol klubiga qarshi bahsda Diafra Sakho „West Ham United“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. Shundan soʻng Diafra Sakho turnir davomida har bir oʻyinda gol urgan. Jumladan, u „Liverpool“ va „Manchester City“ futbol klublari bilan oʻyinlarda ham muvaffaqiyatli gollar kirirtgan.
2015-yilning 2-iyulida Andorraning „Lusitanians“ jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi saralash bahsida Diafra Sakho „dubl“ qayd etgan. Avgust oyida Diafra Sakho politsiya tomonidan uydagi zoʻravonlik va oʻldirish bilan tahdid qilganlikda ayblanib hibsga olingan va garov evaziga ozod qilingan. 2018-yil boshida Diafra Sakho Fransiyaga qaytib, „Rennes“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil qilgan. 4-fevral kuni „Guingamp“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho yangi klubida debyut qilgan. 17- fevral kuni „Caen“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Diafra Sakho „dubl“ga erishgan va „Rennes“ futbol klubi safidagi ilk gollarini kiritgan. 2019-yilning 31-dekabrida Diafra Sakho „Rennes“ futbol klubi bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilgan.
Xalqaro faoliyati 2014-yil 21-mayda Burkina-Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Diafra Sakho Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yilning 25-may kuni Kosovo terma jamoasiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho terma jamoadagi ilk golini urgan.
2018-yilda Diafra Sakho Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Kolumbiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiPart.GolesPart.GolesPart.GolesPart.GolesF. C. Metz2009—20105010-602010—201130540-3452011—20129012-102U. S. Boulogne2011—201270--70Jami70----70F. C. Metz2012—2013331964-39232013—2014372010-3820Jami11444136--12750West Ham United F. C.2014—2015231032-26122015—201621510222472016—2017410000412017—201814232-174Jami621874227124Stade Rennais F. C.2017—201813211-1432018—201920--202019—20200000-00Jami15211--163Bursaspor2018—201920300-203Jami20300--203Umumiy faoliyatida2186721102224179
Manbalar
Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar