Narelle Autio (1969-yilda tugʻilgan) — avstraliyalik fotograf. Autio In-Public koʻcha fotosuratlari jamoasining aʼzosi va Oculi fotografiya agentligining asoschisi hisoblanadi. U fotograf Trent Parkga turmushga chiqqan va u bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan.

Autio 2000-yilda eri Parke bilan hamkorlikda "Yettinchi toʻlqin" filmi uchun ishlangan fotosuratlar koʻrgazmasini oʻtkazdi. Bundan keyin 2002-yilda „Not of this Earth“ seriali uchun fotsuratlar ishladi. 2004-yilda oʻzining yakkaxon shousi "Akvarellar"dan boʻsh vaqtlarida avstraliyaliklar hayotini oʻrganishda davom etdi. U 2010-yilda sohilda tabiiy ravishda paydo boʻlgan va insoniyat tomonidan qoldirilgan narsalar haqidagi "Bizning yoz" hujjatli shousi orqali tanildi.

U jurnalistika sohasida ikki marta Walkley mukofoti va World Press Photo mukofoti, fotografiyada Oskar Barnak mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati Autio Adelaida shahrida tugʻilib oʻsgan va Janubiy Avstraliya universitetining tasviriy sanʼat yoʻnalishini tamomlagan. U 1994-yilda Avstraliyani tark etishdan oldin Adelaida Advertiser kompaniyasida fotojurnalist sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. U AQSh va Yevropa boʻylab uzoq vaqt sayohat qilgan. Angliyada Buyuk Britaniyaning koʻplab milliy gazetalari va Avstraliyadagi News Limitedning London byurosida faoliyat yuritgan. 1998-yilda uyga qaytib 2003-yilgacha Sydney Morning Herald gazetasida fotojurnalist boʻlib ishlagan.

2001 va 2006-yillarda Autio Avstraliya Art Collector jurnalining „Avstraliyaning 50 fotogrofi toʻplami“ roʻyxatiga kiritilgan.

Autio 2001-yilda In-Public koʻcha fotosuratlari jamoasiga qoʻshildi. U mustaqil, kollektiv fotografiya agentligi Oculi asoschisi hisoblanadi.  Uning ishi Agence Vu tomonidan tarqatiladi va u Janubiy Avstraliyaning Adelaida shahrida joylashgan.

Nashrlari

Autioning ilmiy kitoblari

Place in Between. London: Stenli/Barker, 2020..

Autio surat qoʻshgan nashrlar

10 – 10 Years of In-Public. London: Nik Turpin, 2010-yil. ISBN 978-0-9563322-1-9. The Street Photographer's Manual. London: Temza va Gudson, 2014.ISBN 978-0-500-29130-6. Devid Gibson tomonidan tartiblangan.

Filmlari

The Summation of Force — sakkiz serialli film. Rejissyorlar Autio, Parke va Metyu Beyt.

Mukofotlari

2000: Walkley mukofotlari, Avstraliya. 2001: Birinchi mukofot, Tabiat haqidagi hikoyalar nominatsiyasi, World Press Photo mukofoti 2000, Trent Parke bilan („Avstraliya yoʻllari“ seriyasi uchun). 2002: Walkley mukofotlari, „Raqs maktabi“ uchun kundalik hayot toifasi, Avstraliya. 2002: Birinchi mukofot, Sanʼat va koʻngilochar dastur nominatsiyasi, World Press Photo Award (2001). 2002: Oskar Barnak mukofoti"Beach pictures: Itʼs just another prize-winning day out there", Sydney Morning Herald, 15 April 2002. Accessed 24 May 2014. „Sohilda yashovchilar“ seriali uchun.

Koʻrgazmalari

2000-yil: The Seventh Wave(Trent Park bilan), Stills galereyasi, Sidney. 2002: Not of this Earth, SidneyNarelle Autio — Not of this Earth, Stills Gallery. Accessed 30 January 2017. 2002: Dva Pivo Prosim (Two Beers Please) (Trent Parke bilan). Stills galereyasi, SidneyExhibition notices, Stills Gallery. Accessed 15 August. 2002-2004: Dream/Life and The Seventh Wave (Trent Park bilan). Canvas xalqaro sanʼat galereyasi, Amsterdam, 2002; FotoFreo foto festivali, Gʻarbiy Avstraliya dengiz muzeyi, Fremantle, 2004; Ariel Meyerowitz galereyasi, Nyu-York, 2004. 2010:The Summer of Us. Hugo Mishel galereyasi, Adelaida. 2012: Water HoleHugo Mishel galereyasi, Adelaida. 2013: To the SeaTrent Park bilan), Hugo Mishel galereyasi, Adelaida.

Manbalar

Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ayol jurnalistlar