Artem Oleksandrovych Dovbyk (; 1997-yil 21-iyunda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Ukraina Premyer-ligasining Dnipro-1 klubida va Ukraina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Ukrainaning Cherkassi shahrida tugʻilgan Dovbyk shu shahardagi Slavutych olimpiya zaxiralari sport maktabini tamomlagan. Undan keyin Cherkaskyi Dnipro akademiyada oʻynagan. 2014—2015-yilgi Ukraina Ikkinchi ligasida 7 ta gol urgan.
2015-yilning yozida Dnipro bilan shartnoma imzoladi, ammo 2016-yil aprel oyida Moldovaning CSF Bălți klubiga uch oylik ijaraga yuborildi. Klub bilan Moldova kubogini qoʻlga kiritdi. 2016—2017-yilgi mavsumda Ukraina Premyer-ligasida 6 ta gol urganligi uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Shundan keyin Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko JCh—2018 saralash bosqichiga chaqirdi.
„Dnipro“ning qarzlari koʻpayib quyi ligaga tushib ketganida ham, Dovbyk klubda qoldi. Ukraina Ikkinchi Ligasida 13 oʻyinda 12 ta gol urdi va chet el klublarining qiziqishini uygʻotdi. 2018-yilda Daniyaning Midtjylland klubiga tekinga oʻtdi. 2018-yilda Midtjylland klubi bilan Dovbyk mamlakat chempioni, 2019-yilda esa mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 2019-yil 2-sentyabrda 2019—2020-yilgi mavsum uchun SønderjyskEga ijaraga berildi. SønderjyskE bilan Dovbyk ikkinchi marta Daniya kubogi egasi boʻldi.
2020-yilda Dovbyk Ukrainaga qaytib kelib yaqinda tashkil etilgan SC Dnipro-1 bilan shartnoma imzoladi. Ligadagi oʻyinlar soni kutilganidan kam boʻlgan boʻlsa-da, Dovbyk Ukraina kubogida uchta oʻyinda 4 ta gol urib, turnirning eng yaxshi uchta toʻpuraridan biriga aylandi.
Xalqaro faoliyati Dovbyk Ukraina U19 terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan, ammo jamoada umuman ishtirok etmagan.
Dovbyk 19 yoshida birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv oldi, 2016-yil 5-sentyabrda Islandiyaga qarshi JCh—2018 saralash oʻyinida 31 kishilik tarkibga kiritildi.
2017-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida 19 yoshida ishtirok etgan va 2019-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida ham terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Ukraina terma jamoasi safida 2021-yil 31-mart kuni Qozog‘istonga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida debyut qilgan.
Dovbyk 2021-yil 29-iyun kuni Shvetsiyaga qarshi 1/8 finalning qo‘shimcha taymida Andrey Yarmolenko o‘rniga maydonga tushgan holda, Yevro-2020da debyut qildi. Ekstra-taymning qoʻshib berilgan vaqtida gʻalaba golini kiritdi. Ukrainani 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarCherkaskyi Dnipro2014—2015Ukraina ikkinchi ligasi20710——217Dnipro2015—2016Ukraina ikkinchi ligasi001000—102016—201722610——2362017—2018Ukraina ikkinchi ligasi131200——1312Jami35182000—3718Zaria Bălți (ijara)2015—2016Moldova milliy divizioni3010——40Midtjylland2017—2018Daniya Superligasi1012000—1212018—2019501000—602019—2020300010—40Jami1813010—221SønderjyskE (ijara)2019—2020Daniya Superligasi18230——212Dnipro-12020—2021Ukraina Premyer-ligasi24634——27102021—2022171410——18142022—20231190074—1813Jami52294474—6337Jami faoliyati1445914484—16865
Xalqaro ʻ +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarUkraina 2021 6 2 2022 8 4 Jami 14 6
2022-yil 24-sentyabr holatiga koʻra.
+Artem Dovbyk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati № Sana Joy Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 29-iyun Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 3 2—1 2—1 UEFA Yevro 2020 2 2021-yil 16-noyabr Bilino Polje stadioni, Zenitsa, Bosniya va Gertsegovina 6 2—0 2—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2022-yil 1-iyun Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 7 3—1 3—1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2022-yil 14-iyun Stadion Miejski ŁKS, Lodz, Polsha 11 1—1 1—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B 5 2022-yil 24-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 13 3—0 5—0 6 5—0
Yutuqlari Cherkaskyi Dnipro
Ukraina Ikkinchi ligasi: 2014—202015
Zariya
Moldova kubogi: 2016-yil
Midtjylland
Daniya Superligasi: 2017—2018 Daniya kubogi: 2018—2019
SønderjyskE
Daniya kubogi: 2019—2020
Individual
Ukraina Premyer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2016—2017 Ukraina kubogi toʻpurari (jamoaviy): 2020—2021
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Cherkashchyna futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Midtjylland futbolchilari Turkum:FC Bălți futbolchilari Turkum:Sønderjyske Fodbold futbolchilari Turkum:SC Dnipro-1 futbolchilari Turkum:Girona FC futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Pichichi Trophy sovrindorlari Turkum:Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar