Qatar muzeylari (sobiq Qatar muzeylari boshqarmasi) – Qatar davlat muassasasi boʻlib, Islom sanʼati muzeyi (ISM), Mathaf: Arab zamonaviy sanʼat muzeyi, MIA Park, Qataradagi QM galereyasi, ALRIWAQ DOHA koʻrgazma maydoni, Al Zubarah Butunjahon merosi obʼyektlarini oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, Qatar boʻylab arxeologik loyihalar, sharqshunoslik sanʼati, fotografiya, sport, bolalar taʼlimi va yovvoyi tabiat kabi turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha uning kolleksiyalarini taʼkidlab kelajak uchun loyihalar va muzeylarni ishlab chiqadi.

Boshqaruvi Qatar muzeylari Shayx Al-Mayassa bin Hamad bin Xalifa Al-Tani boshchiligidagi vasiylik kengashi tomonidan nazorat qilinadi.

Madaniy siyosati Qatar muzeylari boshqarmasi va Madaniyat, sanʼat va meros vazirligi Qatar madaniy siyosatining asosiy amalga oshiruvchilari hisoblanadi.

Qatar Milliy Koʻrgazmasi (2030) Qatar muzeylari boshqarmasi Qatarning har tomonlama rivojlanishi, taraqqiyoti va farovonligi uchun 2030-yilga moʻljallangan Milliy koʻrgazma dasturini amalga oshiruvchi tashkilotlardan biridir. Ushbu dasturda merosga asoslangan ishlanmalar asosiy rol oʻynaydi. Chunki uning muammolari orasida mahalliy madaniyat va anʼanalar atrofida modernizatsiyani shakllantirish bor. Shayx Al-Mayassaning vazifasi Qatar muzeylari va Qatarni madaniy qudrat markaziga aylantirishdir. The Economist nashrining xabar berishicha, bu haqida mas`ul shaxs shunday degan: "Biz avvalambor, Qatar Muzeylari butun dunyo boʻylab sanʼat loyihalari katalizatori, „madaniy qoʻzgʻatuvchi“si boʻlishini istaymiz". Qatar Muzeylari boshqarmasi tomonidan madaniy siyosatni amalga oshirish boʻyicha Doha 2010-yilda Arab madaniyati poytaxti deb nomlangan va bu tashabbus YUNESKO qoshidagi Arab Ligasi tomonidan qabul qilingan.

YUNESKOning Butunjahon merosi qoʻmitasi aʼzoligi Qatar muzeylar boshqarmasi 2011-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi qoʻmitasiga aʼzo boʻlish uchun muvaffaqiyatli nomzod boʻlib tenderda yetakchilik qilgan. 2013-yil 22-iyun kuni Kambodjaning Phompen shahrida boʻlib oʻtgan YUNESKO Butunjahon merosi qoʻmitasinimg kunduzgi sessiyasida Qatar oʻzining birinchi Butunjahon merosi obʼyekti Al Zubarah arxeologik obidasini eʼlon qilgan.

Hozirgi va kelajakdagi muzeylari Qatar muzeylari boshqarmasi butun dunyo eʼtiborini oʻziga qaratdi, xususan Islom sanʼati muzeyi (ISM) hamda Abu-Dabidagi (BAA) rejalashtirilgan Guggenxaym Abu Dabi va Luvr Abu Dabi kabi boshqa muzey ishlanmalari shular jumlasidandir. Londonning Serpentine galereyasi direktori Hans-Ulrich Obrist kabi tanqidchilar Dohaning „mavjud modellardan nusxa koʻchirmaydigan yoki gʻarbiy muzeylarni takrorlamaydigan, lekin mahalliy muzeylarni tan oladigan“ yangi modelga intilib, Abu-Dabidagidan farqli ravishda muzeylarga yondashishni taʼkidlaydilar.

Qatar muzeylari boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan barcha muzeylar dizaynida yoki umumiy konsepsiyasida Islom va Qatar madaniyati elementlari aks etadi. Shu uslub orqali u oʻz brendini yaratishga harakat qiladi. Ushbu siyosat Qatar Jamgʻarmasining toʻrtinchi yoʻnalishi boʻlib u ilgʻor jamiyatni rivojlantirishga yordam berish bilan bir qatorda madaniy hayotni yaxshilash, Qatar merosini himoya qilish va jamiyatdagi bevosita ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga intiladi. Qatar muzeylari boshqarmasi oʻz muzeylarini loyihalashtirish uchun bir necha bor mashhur xorijiy meʼmorlarni yollagan va u meʼmorlar yaqin Sharq meʼmoriy modellaridan ilhom olishlarini taʼkidlagan.

Islom Sanʼati Muzeyi (ISM)

Ushbu muzeyda ikki qavatli doimiy koʻrgazma uchun va bitta asosiy vaqtinchalik galereya, shahar siluetiga qaraydigan ikkita ochiq hovli, taʼlim markazi, kutubxona, shuningdek, kafe va sovgʻalar doʻkoni joylashgan keng atrium bor.

left|thumb| Islom Sanʼat Muzeyi kolleksiyasidan urush niqobi

ISM parki Islom Sanʼati Muzeyiga ISM Park tutashib ketgan. U Nyu-York shahridagi Pei Partnership Architects tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib 280 000 kvadrat metrli yarim oy shaklidagi dengiz boʻyida joylashgan park. U amerikalik rassom Richard Serraning „7“ nomli buyurtmasi aks ettirilgan haykaltaroshlik maydonini oʻz ichiga oladi. Bu asar rassomning yaqin Sharqdagi birinchi ommaviy ishi edi.

Parkda kino namoyishlari, sport, musiqiy va ommaviy dasturlar kabi koʻplab tadbirlar oʻtkaziladiQatar Museums Authority inaugurated MIA Park with unveiling of Richard Serra Sculpture in the ArtDaily.

Qatar Milliy Muzeyi Qatarning yangi Milliy muzeyi (QMM) 2019-yil 28-martda omma eʼtiboriga havola etilgan. Muzey Pritzker mukofoti sovrindori meʼmor Jan Nouvel tomonidan yaratilgan innovatsion dizaynga ega. Qatarning oʻtmishiga oid ushbu muhim dizayn yodgorlik sifatida hozirda yangi QMMning yuragi boʻlib saqlanib qolgan. Yangi va eski bino oʻrtasidagi munosabat oʻtmish va hozirgi kun oʻrtasidagi koʻprikni yaratishning bir qismi hisoblanadi.

Qatar Milliy Muzeyi binosi Doha Kornishining janubiy maydonida joylashgan boʻlib dengiz ichidan qad koʻtargan va qirgʻoq bilan ikkita piyodalar koʻprigi orqali yoʻl koʻprigiga tutashib ketgan. Uning umumiy maydoni 1.5 million metr kvadratni tashkil etadi.

3-2-1 Qatar Olimpiya va sport muzeyi 3-2-1 Qatar Olimpiya va sport muzeyi sport va uning ob’ektlarini saqlaydigan, tadqiq qiladigan va namoyish etadigan sport tarixi, merosi va bilimlariga asoslangan milliy va xalqaro markazdir. U 2022-yilning 31-martida omma e`tiboriga havola etilgan. 2022-yil sentabr oyida esa muzeyda „Futbol olami“ nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan.

Art Mill, Lusail muzeyi, Qatar avtomuzeyi 2022-yilda uchta yangi muzey ob’ektlari eʼlon qilingan.

Ushbu ob’ektlardan birinchisi Art Mill: zamonaviy sanʼat koʻrgazma zallari, taʼlim va turar joy dasturlarini oʻz ichiga olgan kompleks. Kompleks binosi meʼmor Alejandro Aravena (Elemental) tomonidan loyihalashtirilgan.

Ikkinchisi, Jak Gertsog (Herzog & De Meuron) tomonidan ishlab chiqilgan Lusail muzeyida Sharq rasmlari, fotosuratlari, haykallari va amaliy sanʼatining katta toʻplami mavjud.

Uchinchisi, Qatar avtomuzeyi avtomobil galereyalarini oʻz ichiga oladi. Muzey Qatarning rivojlanishiga qaratilgan. Unda klassik avtomobillarni qayta tiklash uchun qoʻshimcha markaz mavjud. Muzey binosi arxitektor Rem Koolhaas (OMA) tomonidan loyihalashtirilgan.

Sharqshunoslar toʻplami Sharqshunoslik toʻplami dunyoda yigʻilgan sharqshunoslik sanʼatining eng muhim toʻplamlaridan biridir. Bu dunyoda faqat sharqshunoslik sanʼatiga bagʻishlangan yagona muassasadir. Unda XVI asr boshlariga borib taqaladigan rasmlar, akvarellar, haykallar va chizmalarni mavjud.

Sharqshunoslar to‘plami kelajakdagi dasturlar va ko‘rgazmalar orqali sanʼat tarixidagi nufuzli davrni xaritaga tushirish hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Undagi muhim sanʼat asarlari muntazam ravishda koʻrgazmalar uchun xalqaro muzeylarga topshiriladi. Ishlar Sharqshunoslar kolleksiyasi tomonidan Doha va xorijda tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ham namoyish etilib kelimoqda.

Ilgari boshqarmada sharqshunoslik muzeyini yaratish taklifi mavjud edi, ammo 2019-yildan boshlab bu taklif toʻxtatib qoʻyilgan.

Galereyalar va koʻrgazma maydonlari

Qatar Muzeylari galereyasi thumb| Qatar Muzeylari galereyasi Qatar Muzeylari galereyasi 2010-yilda Qatar muzeylari boshqarmasi tomonidan vaqtinchalik koʻrgazmalar uchun joy sifatida tashkil etilgan. Kataraning (madaniy qishloq) 10-binosida joylashgan galereya Qatardagi boʻlajak muzeylar uchun oʻz kolleksiyalari, loyihalari va qarashlarini taqdim etish uchun ochiq platformadir. Galereyada qatarlik rassomlarning ko‘rgazmalari ham o‘tkaziladi va xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Ushbu galeriya fotografiya, arxeologiya, sanʼat, sport, arxitektura va haykaltaroshlik kabi koʻrgazmalarni keng mahalliy va xalqaro tomoshabinlar bilan uchrashtiradi.

ALRIWAQ DOHA koʻrgazma maydoni Islom Sanʼati Muzeyi yonida joylashgan ALRIWAQ DOHA — Qatar muzeylarining yana bir vaqtinchalik koʻrgazma maydoni hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 5000 kvadrat metrni tashkil etadi. ALRIWAQ DOHA 2010-yil dekabr oyida ochilgan.

Yongʻin stansiyasi: mahalliy rassomlar Yongʻin stansiyasi: mahalliy rassomlar dasturi Qatar muzeylari jamoat sanʼati boʻlimi tomonidan tashkil etiladi. Ushbu dastur Dohadagi eski fuqarolik mudofaasi binosi oldini ijodkorlar uchun ochiq maydonga aylantirmoqda. Qatarlik arxitektor Ibrohim Al-Jayda tomonidan ishlab chiqilgan o‘t o‘chirish stantsiyasi 24 ta studiya va eski garajda joylashgan 700 kv.m galereyaga ega bo‘lib, undan dasturda ishtirok etayotgan rassomlar hamda mahalliy hamjamiyat foydalanishi mumkin. Shuningdek, u yerda kafe, restoran, kitob doʻkoni, sanʼat buyumlari doʻkoni, kinoteatr va rassomlar uchun inshootlar yaratiladi.

Ushbu loyiha „Qatarda va butun dunyoda yashovchi rassomlar oʻrtasida madaniy muloqot va tajriba almashish imkonini yaratadi“. Toʻqqiz oylik dastur qatarliklar va Fors koʻrfazi mintaqasidagi boshqa rassomlar, shuningdek, Qatarda joylashgan xalqaro rassomlar uchun ochiq maydon vazifasini oʻtaydiQatar fire station to be transformed into art centre in The Art Newspaper, 6 March 2014.

Oʻtgan koʻrgazmalar

„Qatardagi Amerika avtomobillari“, Qatar Milliy muzeyi, 2021-yil oktyabrdan 2022-yil fevralgacha. „Jeff Kuns: Amerikada yoʻqolgan“, Massimiliano Gioni, Qatar muzeylari galereyasi-Al Riwaq, 2021-yil noyabridan 2022-yil martgacha. „Virjil Abloh:Nutq figuralari“, kuratori Maykl Darling, Oʻt oʻchirish stantsiyasi: Turar joydagi rassom, 2021-yil noyabrdan 2022-yil martgacha. „Kader Attia:Sukunatda“, Mataf: Arab Zamonaviy sanʼat muzeyi, 2021-yil noyabridan 2022-yil martgacha. „Christian Dior Designer of Dreams“, M7, 2021-yil noyabridan 2022-yilning martigacha. „POW! WOW! Festival“, Al Sadd metro bekati, 2021-yil noyabrdan 2021-yil dekabrgacha. „Falastinning goʻzal xotiralari“, Islom sanʼati muzeyi (ISM), 2021-yil iyundan 2021-yil dekabrgacha. „Dengiz oʻtlari ertaklari, Dugong yoʻllari“, Qatar Milliy muzeyi, 2021-yil iyundan 2021-yil sentabrgacha. „Mal Lawal 3“, Qatar Milliy muzeyi, 2021-yil iyundan 2021-yil sentyabrgacha. „Grey Times“, Oʻt oʻchirish stantsiyasi: Turar joydagi rassom, 2021-yil yanvardan 2021-yil avgustgacha.

Arxeologiya, arxitekturani muhofaza qilish va madaniy turizm Ushbu tashkilot tashkil etilganidan beri Qatar muzeylarining tadqiqotlar, qazishmalar, restavratsiya, reabilitatsiya loyihalari kabi bir qancha arxeologik va arxitektura muhofazasi loyihalarini boshqargan. Ushbu saʼy-harakatlar Qatar boʻylab koʻplab arxeologik yodgorliklar, qal’alar, minoralar, masjidlar va eski binolarni ochish, hujjatlashtirish, himoya qilish va targʻib qilishga yordam berdi. Shuning uchun mamlakat madaniyati va merosini saqlab qolgan.

Al Zubarah: YUNESKOning Jahon merosi ob’ekti Al Zubarah Dohadan 100 km shimoli gʻarbda joylashgan. Iroqdagi Basranining qulashidan soʻng 1760-yilda Quvaytning Bantu Utba urugʻi tomonidan asos solingan bu shahar Markaziy Fors koʻrfazining asosiy savdo shahriga aylandi. left|thumb| Al Zubarah qal’asining koʻrinishi Al Zubarah arxeologik yodgorligi 60 gektar maydonni egallagan. Qatarning ushbu obidasi xalqaro roʻyxatda birinchi va dunyo boʻylab 911 ta tabiiy-madaniy obʼyektlardan biri hisoblanadi.

Al-Zubarahdagi birinchi qazishma ishlari 1980-yilda Madaniyat, sanʼat va meros milliy kengashi hamda 2002 — 2005-yillarda Qatar muzeylari boshqarmasi tomonidan olib borilgan. 2009-yildan beri Kopengagen universiteti va QM oʻrtasida Qatar Islom arxeologiyasi va merosi loyihasi deb ataladigan qoʻshma loyiha Al-Zubarah va uning hinterlandida keng koʻlamli qazishmalar va restavratsiyalar, shuningdek, tarixiy, antropologik va ekologik tadqiqotlarni amalga oshirdi.

Qatardagi ommaviy sanʼat