Victor Joseph Mete () (1998-yil 7-iyunda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Victor Mete hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati Dastlab, Victor Mete 2014-yilgi OHL loyihasida „Owen Sound Attack“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. Ammo Victor Mete, keyinchalik, faoliyatini „London Knights“ xokkey klubi safida davom ettirdi. Victor Mete „London Knights“ xokkey klubi safida uch mavsum oʻynadi va jamoaga 2016-yilgi Memorial kubogini yutib olishga yordam berdi. Shundan soʻng, Victor Mete „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga 2016-yilgi NHL kirish loyihasida 100-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2017-yilning 27-martida Mete „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Koʻp oʻtmay, 2017—2018-yilgi mavsum oldidan Victor Mete klubning oʻquv-mashgʻulot yigʻinida katta taassurot qoldirdi va klubning asosiy jamoasi safiga qoʻshildi. 2018-yilning 2-martida Victor Mete jarohati tufayli „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi o‘yinni oʻtkazib yubordi.
2020-yil 9-oktyabrda Victor Mete „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi. 2020—2021-yilgi pandemiya tufayli kechiktirilgan mavsumda Victor Mete klub safida atigi 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2021-yil 12-aprelda Victor Mete „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik 1,2 million dollarlik shartnomaga imzo chekdi.
Keyingi mavsum oxirida Metega klub oʻzining eksklyuziv muzokaralar oʻtkazish huquqini saqlab qolish va shu tariqa uni cheklanmagan erkin agentga aylantirish boʻyicha yangi saralash taklifini taqdim etmadi. Shuning uchun 14-iyul kuni Victor Mete „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati 2017-yilning 16-dekabrida Victor Mete IIHF U-20 Jahon chempionati uchun tashkil qilingan Kanada milliy xokkey terma jamoasi roʻyxatiga kiritildi. 2017-yil 23-dekabrda Victor Mete terma jamoaning muqobil sardori etib tayinlandi. Kanada milliy xokkey terma jamoasi ushbu turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2014—2015London KnightsOHL5871623141017822015—2016London KnightsOHL68830381818471102016—2017London KnightsOHL50152944141416742017—2018Montreal CanadiensNHL490774—————2018—2019Montreal CanadiensNHL71013136—————2018—2019Laval RocketAHL71340—————2019—2020Montreal CanadiensNHL514711201002222020—2021Montreal CanadiensNHL140336—————2020—2021Ottawa SenatorsNHL141122—————2021—2022Ottawa SenatorsNHL370774—————NHL jami2365384342100222
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2014 Kanada U17 6 5 1 1 2 4 2015 Kanada IH18 4 0 1 1 0 2018 Kanada WJC 6 0 3 3 2 Jami 15 1 5 6 6
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari