Roʻzimboy Ahmedov (1987-yil 3-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynagan. 2024-yildan „Xorazm“ klubi sport direktori sifatida ishlamoqda.
Futbolchilik faoliyati Roʻzimboy Xorazm futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Katta futboldagi faoliyatini 2006-yil „Xorazm“ klubi tarkibida boshlagan. Bir necha mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi va 2009-yil yozgi transfer oynasida „Paxtakor“ klubi bilan 2.5 yillik shartnoma imzoladi. Mavsum yakunida jamoa bilan Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻldi. 2010-yilgi mavsum boshida „Xorazm“ klubiga ijara asosida oʻtdi va yozgi trasfer oynasida yana Toshkentliklar safiga qaytdi.
2011-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berildi. „Navbahor“ takibida yaxshi harakat qilgan Ahmedov, 2012-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ bilan oʻzaro shartnomasi yakunlanib, „Dinamo Samarqand“ klubi tarkibiga oʻtdi. Samarqandliklar safida samarali mavsum oʻtkazdi, 23 oʻyinda 11 ta gol. 2013-yiulgi mavsumda yana „Navbahor“ klubi Roʻzimboyga yaxshi taklif bilan chiqdi va 2013-yilgi mavsumni Namanganliklar safida oʻtkazdi.
2014-yilgi masumdan, 2 mavsum davomida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibida oʻynagan. 2016-yilgi mavsum oldi transfer oynasida Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Olmaliqlar safida oʻz oʻrnini topa olmagan Ahmedov, „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtdi. Mavum yakunida Namanganning „Navbahor“ jamoasi 3-bor shartnoma imzoladi va keyingi 2 mavsumni lochinlar safida oʻtkazdi. „Navbahor“ klubi bilan 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 3-oʻrinni egalladi va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
2019-yilgi mavsumda yana „Andijon“ jamoasiga qaytdi. Bir mavsum davomida Burgutlar safida harakat qilgan Roʻzimboy, 2020-yilgi mavsum oldidan faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
2021-yilgi mavsumda oʻzining sobiq jamoasi „Xorazm“ klubi taklifiga koʻra yana futbolchilik faoliyatini tikladi. Xorazmliklar bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston Pro ligasida harakat qilmoqda edi. Mavsumning 1-davrasini yaxshi darajada oʻtkazdi va shu sababli 2-davra oldidan musobaqa peshqadamlaridan biri „Dinamo Samarqand“ bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini Samarqandliklar safida 2-oʻrin bilan qoʻlga kiritdi. Ahmdedovning oʻzi „Neftchi“ futbolchi Marko Obradovich bilan birgalikda Oʻzbekiston Pro ligasida 14 ta gol bilan toʻpurarga aylandi.
2022-yil mavsum oldidan „Dinamo“ klubi bilan shartnomasi tugagani sababli, Buxoroning „Buxoro“ klubi taklifi bilan koʻxna shahar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolanishining asosiy omillaridan biri, 2021-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ klubida birga ishlagan ustozi Hakim Fuzaylov ham „Buxoro“ klubi ustoziga aylangani edi. 2022-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi yuqori mavsum oʻtkazdi. Ketma ket ikkinchi mavsum, ikkinchi oʻrin bilan, ikki xil jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va bu safar „Buxoro“ jamoasi bilan edi. Mavsumda oʻzining ikkinchi yoshligini oʻtkazgan hujumchi, ketma-ket ikkinchi bor Oʻzbekiston Pro ligasida 23 tagol bilan toʻpurarga aylandi. 2023-yilgi mavsum soʻnggida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Yutuqlari
Klublar Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2009, 2010 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2009 Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni: 2008 Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021, 2022
Individual Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari: 2021, 2022 Oʻzbekiston Pro ligasi Eng yaxshi futbolchisi: 2022
Manbalar
Havolalar Roʻzimboy Ahmedov Transfermarkt saytida Roʻzimboy Ahmedov Soccerway saytida Roʻzimboy Ahmedov Globalsportsarchive saytida Roʻzimboy Ahmedov saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar