Dagomeya (fransuzcha: Dahomey) — Fransiyaning Gʻarbiy Afrikasidagi sobiq fransuz mustamlakasi.
Fransuz mustamlakasi 1904-yilda tarixiy Dagomeya hududida tashkil topgan.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Toʻrtinchi Fransiya Respublikasi oʻz mustamlakalarining siyosiy huquqlarini kengaytira boshladi, Fransiya G'arbiy Afrikasi Fransiya Ittifoqiga qoʻshildi. 1958-yilda Fransiya Beshinchi Respublikasi tashkil topganda, Fransiya Ittifoqi - Fransiya hamjamiyatiga aylantirildi va Fransiya Gʻarbiy Afrikasi rasman oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Uning tarkibiga kirgan hududlarda referendumlar oʻtkazildi va 1958-yil 11-dekabrda Dagomeya mustamlakasidan oʻzini oʻzi boshqaradigan, oʻsha paytdagi mustaqil Dagomeya Respublikasi, hozirgi Benin tashkil etildi.
Adabiyot
Turkum:Afrika mamlakatlari