Léo Michel Joseph Claude Dubois () (1994-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Superliganing Galatasaroy klubi va Fransiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Oilasi Duboisning otasi Jean-Pierre Livanda tugʻilgan va 13 oyligida fransuz oilasi tomonidan asrab olingan.

Klubdagi faoliyati

Ilk faoliyat yillari Yoshligida Dubois havaskor jamoalar SC Gemmois va ES Segre tarkibida oʻz faoliyatini boshlagan.

Nantes Dubois oxir-oqibat yuqori divizion klubi FC Nantning eʼtiborini qozongan va jamoa bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning 9-mayida „Bordeaux“ ga qarshi oʻyinda ligada debyut qilgan. U oʻsha oʻyinda 83-daqiqadan keyin Kian Xansen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Lyon Dubois 2018-yilning 1-iyulida Liga 1ning boshqa jamoasi Lyon bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. 2020-yil 27-sentyabrda Dubois o‘zining Liga 1 tarixidagi beshinchi golini „Stad du Moustoir“ da Lorientga qarshi o‘yinda (1:1) kiritgan. Dubois 2021-yilda Memfis Depayni "Barselona" ga sotganidan keyin murabbiy Piter Bos tomonidan klub sardori etib tayinlangan.

Galatasaroy 2022-yilning 21-iyulida Dubois Superliganing "Galatasaroy" klubi bilan 3 million yevro evaziga shartnoma imzolagan va Turkiya klubi safiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati Dubois birinchi marta 2019-yilning may oyida Fransiyaning kattalar jamoasiga chaqirilgan. U 2019-yilning 2-iyunida Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) o‘yinning 46-daqiqasida Benjamin Pavard o‘rniga maydonga tushgan. 9 kundan soʻng, Dubois Fransiya kattalar jamoasi uchun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan, oʻsha oʻyinda ular UEFA Yevro-2020 saralashida Andorra ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.

2021-yil 10-oktyabrda Dubois UEFA Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan, o‘yinda Fransiya Ispaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNantes2014—2015Liga 1200000—202015—2016Liga 12402010—2702016—2017Liga 13602030—4102017—2018Liga 13431000—353Jami9635040—1053Lyon2018—2019Liga 12513110513432019—2020Liga 11601010902702020—2021Liga 137230——4022021—2022Liga 123000—50280Jami101371201911295Galatasaray2022—2023Süper Lig0000—0000Karyerada jami1976121601912348

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Fransiya 2019 4 0 2020 2 0 2021 7 0 Jami 13 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari