Daria Sergeevna Panenkova (; 2002-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — isteʼfodagi rossiyalik figurali uchuvchisi. 2017-yili oʻtkazilgan Gran-pri Latviya turnirining chempioni.

Shaxsiy hayoti Panenkova 2002-yil 8-dekabrda Moskvada tugʻilgan.

Faoliyati

Ilk davr Panenkova 2006-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Natalya Gavrilova edi.

Panenkova 2017-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni egallagan. Xalqaro debyutini amalga oshirgan Panenkova 2017-yil fevral oyi boshida Sofia Trophy musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2017 — 2018-yilgi mavsum Panenkovaning Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri debyuti 2017-yil sentyabr oyi boshida Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tgan; qisqa dasturda birinchi, erkin dasturda esa ikkinchi oʻrinni egallab, Rika Kihirani ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ikkinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgach, Panenkova Yaponiyaning Nagoya shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan.

Panenkova 2018-yil yanvar oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi 2018-yilgi Rossiya chempionatida qatnashgan, u yerda qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrindan joy olgan.

2018 — 2019-yilgi mavsum 2018-yilning yozida Panenkova nomaʼlum sabablarga koʻra murabbiy Yeteri Tutberidze va uning jamoasi bilan xayrlashganini eʼlon qilgan. U murabbiy Anna Tsareva jamoasiga qoʻshilgan.

Panenkova 2019-yilgi Rossiya chempionatida oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2018 — 2019 Skyfall You’re Not From Here2017 — 2018 While the Trees Sleep

I Dreamed a Dream Ne me quitte pas

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri Xalqaro Tadbir 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19-20 Finlandiya 6 Kanada 9 Alpen Cup WD Tallin Cup 5 Xalqaro: Oʻsmirlar Final 5 Latviya 1ㅤ Polsha 2Sofia Trophy 1ㅤ Milliy Rossiya chempionati 8 18 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 5 5

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar