Bryan Mbeumo (1999-yil 7-avgustda tugʻilgan) – professional futbolchi, Premyer-liganing „Manchester United“ jamoasi va Kamerun milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Mbeumo Troyes AC akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, oʻzining katta faoliyatini ushbu klubda boshlagan. U 2019-yilda Brentford klubiga oʻtadi va 2021-yilda jamoasi bilan Premyer-liga darajasiga koʻtariladi. Mbeumo Fransiya yoshlari terma jamoasida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan va 2022-yilga kelib Kamerun terma jamoasi safiga qoʻshilgan.
Klublardagi faoliyati
Troyes AC Mbeumo 14 yoshida „Troyes“ jamoasiga faoliyatini boshlaydi va 2016-17-yilgi mavsumni klubning zaxira oʻrindigʻida yakunlaydi. U Troyes U19 jamoasining tarkibida oʻynagan va 2018-yil Kupe Gambardella gʻolibi boʻlgan. Ushbu jamoa safida Stade de Fransdagi finalda ikki marta gol urgan. Mbeumo klubdagi debyutini 2018-yil 17-fevralda Liga 1 jamoasi FC Metz ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan va 2017-18-yilgi mavsumda yana uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-19-yilgi mavsumda esa 40 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urishga erishadi. Ushbu mavsumda u jamoasi bilan Liga 2 pley-off yarim finalida magʻlubiyatga uchraydi. U 2019-yilning avgust oyiga qadar 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan holda klubni tark etadi.
Brentford 2019-yilning 5-avgustida Mbeumo Angliyaga koʻchib oʻtadi va Chempionship klubi Brentford bilan besh yillik rekord darajadagi 5,8 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi. U 2019-20-yilgi mavsumda 47 oʻyin oʻtkazib,16 ta gol uradi. Mbeumoning oʻyinlari London Football Awards 2020 da EFLda yilning eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi bilan eʼtirof etiladi. Mbeumoning gollari soni COVID-19 taʼsiri ostida boʻlgan 2020-21-yilgi mavsum davomida pasayib ketadi. Mbeumo Brentfordning 2021-yilgi chempionat pley-off finaliga qadar 2020-21-yilgi mavsum davomida 49 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol uradi va jamoasi bilan final oʻyinidan gʻalaba qozonadi.
2022/23-yilgi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida Mbeumo 3-4-3 sxemasi asosida qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, ushbu pozitsiyada oʻzining koʻp qirrali ekanligini isbotladi.
Xalqaro faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/af/Bryan_Mbeumo.jpg/234px-Bryan_Mbeumo.jpg|thumb|250x250px| Mbeumo 2019-yilda Fransiya U20 terma jamoasi safida. Mbeumo U17, U20 va U21 toifalaridagi Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushib, 10ta oʻyinda gʻalaba qozongan va bitta gol urgan. 2022-yil avgust oyida Mbeumo Kamerun terma jamoasiga oʻtganini eʼlon qiladi va 2022-yil sentyabr oyi oxirida oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvni qoʻlga kiritadi. U Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti Mbeumoning otasi kamerunlik. 2020-yil iyun oyida u COVID-19 kasalligiga chalinadi va bitta oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Faoliyatining statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTroyes II2016-17CFA 2125―――1252017-18Milliy 3219―――219Jami3314―――3314Troyes2017-18Liga 1400000―402018-19Liga 2351010311040112019-20Liga 221―――21Jami41111031104612Brentford2019-20Chempionship421510103147162020-21Chempionship4480020304982021-22Premyer-Liga3541321―3882022-23Premyer-Liga720000―72Jami1282923516114134Jami2025433827122060
Xalqaro + Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Kamerun 2022 2 0 Jami 2 0
Yutuqlari Brentford
EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021
Manbalar
Havolalar
Bryan Mbeumo Manchester United F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli vingerlari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:FC Bourgoin-Jallieu futbolchilari Turkum:ES Troyes AC futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Kamerunlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari