Tomasz Kupisz (; 1990-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Ekstraklasa vakili Jagiellonia Białystok klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Kupisz Wigan Athleticdagi muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2007-yil fevral oyida klubga qoʻshildi. Avvalroq Polshaning KS Piaseczno jamoasida oʻynagan. Laticsdagi debyutini 2008-yilning 26-avgustida Liga kubogi doirasida Notts Countyga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va 4:0 hisobidagi g‘alabali oʻyinning yakuniy golni kiritdi. Gol urganiga qaramay, kubok oʻyinlaridan keyin tarkibda koʻp koʻrinish bermadi.
2009—2010-yilgi mavsumda asosan qanotda oʻynadi, oʻn uchta oʻyinda oltita gol urdi. Kupisz „Manchester United“ va „Liverpool“ning zaxira jamoalariga ham gol kiritgan edi. Ammo asosiy jamoada oʻzining oʻrnini topa olmadi va uning klub bilan shartnomasi 2010-yilning iyun oyida yakuniga etdi.
2010-yilning 2-iyunida Polshaning Jagiellonia Białystok klubi Kupisz bilan shartnoma imzoladi. Klubga erkin agent sifatida qoʻshilgandi. 29-iyul kuni „Jagiellonia“ safidagi rasmiy debyutini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida Aris Thessaloniki ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, jamoasi 1:2 hisobida magʻlub boʻldi90minut.pl — Tomasz Kupisz.
2016-yilning 5-iyulida 2016—2017-yilgi mavsum uchun A. C. ChievoVeronadan ijara asosida Novaraga o‘tdi.
2017-yil 29-iyun kuni Cesena klubiga qoʻshildi.
2018-yilning 28-iyulida B Seriyaning Ascoli Calcio klubiga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi. 2019-yil 22-yanvarda Livornoga ijaraga oʻtdi.
2019-yil 13-iyulda C Seriyaning Bari jamoasiga oʻtdi. 2020-yilning 24-yanvarida B Seriyaning Trapani klubiga ijara asosida o‘tdi. 2020-yil 15-sentabrda sotib olish opsiyasi bilan Salernitanaga ijaraga o‘tdi.
2022-yilning 31-yanvarida Kupisz sotib olish opsiyasi bilan Regginaga ijaraga berildi.
2022-yil 2-sentabrda Pordenone bilan shartnomasini bekor qilganidan koʻp oʻtmay, Italiyani tark etdi va ikki yillik shartnoma asosida Jagielloniaga qaytdi.
Xalqaro faoliyati Kupisz Polshanining U19 va U21 terma jamoalarida oʻynagan. 2010-yil dekabr oyida milliy terma jamoadagi debyutini Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaLigaKubokYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJagiellonia Białystok2010—2011Ekstraklasa30550203752011—201229511203262012—201330143-3442013—20146010-70Jami95111144011015Chievo2013—2014Serie A1000-102014—20150000-00Jami1000-10Cittadella (ijara)2014—2015Serie B19400-194Brescia (ijara)2015—2016Serie B40620-426Novara (ijara)2016—2017Serie B27110-281Cesena2017—2018Serie B13120-151Jami faoliyati195231644021527
Terma jamoada +MavsumTerma jamoaIshtirokGollar—2009Polsha U191442010Polsha U20202010—2012Polsha U211012010—2013Polsha40
Yutuqlari Jagiellonia Białystok
Polsha Superkubogi: 2010-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari