Thomas Jok Deng (1997-yil 20-martda tug‘ilgan) - kelib chiqishi Keniyalik bo‘lgan professional futbolchi, hozirda u Yaponiyaning "Albirex Niigata" klubida markaziy himoyachi sifatida to‘p suradi. U Keniyada janubiy sudanlik qochqin sifatida tug‘ilgan, biroq u Avstraliya terma jamoasi safida markaziy himoyachi vazifasini bajaradi.

Thomas Jok Deng 1997-yil 20-martda Keniyaning Nayrobi shahrida janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. U oilasi bilan birga Janubiy Sudandagi mojarodan qochgan va natijada 2003-yilda Deng olti yoshga kirganida Adelaida, Janubiy Avstraliyaga ko‘chib kelishgan.

Dengning to‘rtta akasi, shuningdek, Ugandada yashovchi o‘gay akasi bor. Uning katta akasi Piter Deng askar bo‘lgan va mojaro vaqtida Janubiy Sudanni yuqori darajada himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi Dengning faoliyatidagi birinchi klubi Adelaida Blue Eagles hisoblanib, uning yaqin do‘sti hamda hamkasbi va Soccerooo Awer Mabil bilan birgalikda Adelaida Blue Eagles klubida faoliyatini boshlangan edi.

2011-yilda Melburnga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Deng 16 yoshida 2013-yilda Viktoriya shtati ligasining 3-divizionida o‘sha paytdagi menejer Budala Barešić-Nikich qo‘l ostida "Vest Eagles" futbol klubida o‘zining katta futbol debyutini o‘tkazadiJohn Punshon "http://www.ozfootball.net/ark/States/VIC/2013SD4WR.html". Keyingi mavsumda yosh futbolchi Green Gully SC ga ko‘chib o‘tadi va u yerda menejer Bob Stoycevski Dengni klubning U20 jamoasida o‘ynash uchun yolladi. Oxir-oqibat u kattalar jamoasiga ko‘tarildi va 2014-yilda Viktoriya NPLda 13 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Melburn Victory Milliy Yoshlar Ligasi murabbiyi Darren Devis Dengni yoshlar termasi bilan shartnoma tuzishga ko‘ndiradi. Deng 2015-FFA kubogida Balmeyn Tigersga qarshi bahsdagi Melburn g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shish orqali o‘zining jamoa safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. U A-Ligadagi ilk uchrashuvini 2015-yilning 9-oktabr kuni “Adelaida Yunayted”ga qarshi o‘tkazdi va uning jamoadoshi Ley Brokxemga qizil kartochka ko‘rsatilgach, Fahid Ben Xalfallahning o‘rniga o‘rinbosar sifatida maydonga tushdi. Thomas 2015-yil 17-oktabrda Melburn Victory uchun A-Ligadagi ilk o‘yinini 2-turda raqibi Melburn Sitiga qarshi o‘tkazdi va u yerda tarafdorlar va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tanlandi.

2016-yilning iyun oyida Deng bir yillik ijara shartnomasi asosida Jong PSVga o‘tdi. Beshta o‘yinda maydonga tushgach, mavsum oxirida u “Melburn Victory”ga qaytdi.

2020-yilning yanvar oyida Deng 2020-yilgi U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokidan so‘ng Melburn Victoryni tark etib, Yaponiyaning Urawa Red Diamonds klubiga o‘tdi.

Xalqaro karyerasi U 2016-yilgi OFK U-23 chempionatida "Olyroos"ning asosiy tarkibidan o‘rin oldi shu bilan birgalikda u butun turnir davomida o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish etib, avstraliyalik nufuzli ekspertlar: Jeoff Fullgrabe, Alan Vucenik va Kreyg Fosterning yuqori baholashlariga sazovor bo‘ldi.

Deng Keniyada dunyoga kelgan va Janubiy Sudanda biroz yashagan bo‘lganligi tufayli u Avstraliya, Keniya va Janubiy Sudan terma jamoalarida o‘ynash huquqiga ega.

2018-yilning oktyabr oyida Deng Birlashgan Arab Amirliklari yig‘in va Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Socceroos jamoasiga kiritilgan. o‘rtoqlik uchrashuvida u Janubiy Sudanlik qochqin va bolalikdagi do‘sti bo‘lmish Aver Mabil bilan birga debyut qildi.

2021-yil 22-iyulda Deng 2020-yilgi Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarining birinchi guruh o‘yinida jamoasi Avstraliya bilan Argentina ustidan tarixiy 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu uchrashuvda Deng “Eng yaxshi o‘yinchi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Yutuqlar Melburn klubida

A-Liga chempionati: 2017–2018-yil FFA kubogi: 2015-yil

Albirex Niigata klubida

J2 ligasi: 2022-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Melbourne Victory FC futbolchilari Turkum:Jong PSV futbolchilari Turkum:Urawa Red Diamonds futbolchilari Turkum:Albirex Niigata futbolchilari Turkum:Yokohama F. Marinos futbolchilari Turkum:Western Eagles FC futbolchilari Turkum:Avstraliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari