Milan Rodić (talaffuzi: Milan Rodich; 1991-yil 2-aprelda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi. U Srvena Zvezda Belgrad va Serbiya milliy futbol jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
OFK Beograd Rodić OFK Beograd safidagi birinchi professional oʻyinini 2009-yil 26-aprelda 18 yoshida Partizanga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Deyarli ikki yil oʻtib, 2012-yil 25-aprelda u 2011—2012-yilgi Serbiya Superligasi mavsumining 26-turi uchun Sportal nashri tomonidan tuzilgan ramziy ideal terma jamoada chap qanot himoyachisi oʻrniga munosib deb topildi.
Zenit Sankt Peterburg 2013-yil 31-yanvarda Rodić Zenit Sankt Peterburg klubi bilan shartnoma imzoladi. 2013-yilning 21-fevralida bosh murabbiy Luciano Spalletti 2012—2013-yilgi UEFA Yevropa ligasi doirasidagi Liverpoolga qarshi o‘yinning 85-daqiqasida Sergey Semak o‘rniga Rodićni maydonga tushirdi Team Lineups: Liverpool 3-1 Zenit St Petersburg (agg 3-3). 21 February 2013.. Biroq, Rodić Zenit safida atigi beshta o‘yin o‘tkazgandan so‘ng, Volga Nijniy Novgorod klubiga va Zenitning zaxira jamoasiga ijaraga berildi. Shundan keyin u Krilya Sovetov jamoasiga transfer qilindi.
Krilya Sovetov 2015-yilning avgustida Rodić Krilya Sovetov bilan shartnoma imzoladi. Ikki mavsum davomida Rodić yana raqobatbardosh shakliga qaytdi. Krilya Sovetov safidagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng, Rodić muxlislarga minnatdorchilik bildirib, Krilya safida o‘ynashdan mamnun bo‘lganini, biroq Serbiyadagi oilasini sog‘inganini ta’kidlagan.
Srvena Zvezda Belgrad 2017-yilning 21-iyulida Rodić Serbiyaning Srvena Zvezda klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi Mihajlo Vidojević. . Srvena Zvezda Rodićning transferi uchun Krilya Sovetovga taxminan 250 000 yevro toʻlagan edi. Futbolchi Srvena Zvezdaning 2017—2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi mavsumida murabbiy Vladan Milojevic qoʻl ostida oʻynagan. 2017-yilning 19-oktyabr kuni Rodić H guruhidagi Arsenalga qarshi o‘z uyida kechgan o‘yinda qizil kartochka oldi va jamoasi ushbu uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 2019-yilning 12-martida u Srvena Zvezda bilan shartnomasini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati 2011-yil 6-iyun kuni Rodić Serbiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi milliy terma jamoasida Shvetsiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Besh yil oʻtib, u 2016-yilning 5-iyunida Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Serbiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldiMUSLINOVI „ORLOVI“ Ovo je spisak nove reprezentacije Srbije u fudbalu 10 May 2016.
2018-yilning may oyida Rodić Serbiya terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi. 4-iyun kuni u terma jamoa safidagi debyutini Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 80-daqiqada Aleksandr Kolarov oʻrniga maydonga tushdi. Rodić 2018-yilgi Jahon chempionati uchun Serbiya terma jamoasiga tanlangan, biroq u yerda biror marta ham maydonga tusha olmadi.
Faoliyat statistikasi
Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarOFK Beograd2008—2009Serbiya SuperLigasi1000--102009—201012010--1302010—20112021030-2422009—201225120--2712012—201313032--162Jami7137230-815Zenit2012—2013Rossiya Premyer-ligasi40002000602014—2015Rossiya Premyer-ligasi1021100041Jami50213000101Volga (ijara)2013—2014Rossiya Premyer-ligasi18000--180Zenit—2 (ijara)2015—2016Rossiya milliy futbol ligasi40---40Krilya Sovetov2015—2016Rossiya Premyer-ligasi16111--1722016—2017Rossiya Premyer-ligasi15110--1612017—2018Rossiya milliy futbol ligasi20---20Jami33221--353Srvena Zvezda2017—2018Serbiya SuperLigasi2931090-3932018—201918130130-3412019—202018020130-3302020—20212813080-3912021—202233350131-5142022—20231510000-151Jami1419140560-21110Faoliyati jami272142546200035919
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Serbiya 2018-yil 5 0 2019-yil 2 0 Jami 7 0
Yutuqlari Zenit Sankt Peterburg
Rossiya futbol Premyer-ligasi: 2014—2015
Srvena Zvezda Belgrad
Serbiya SuperLigasi: 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022 Serbiya kubogi: 2020—2021, 2021—2022
Manbalar
Havolalar
Milan Rodić Utakmica.rs saytida Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:OFK Beograd futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Volga Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:FC Zenit-2 Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari