Uroš Đurđević (; 1994-yil 2-martda Belgradda tugʻilgan) — Ispaniyaning „Sporting“ futbol klubi va Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati Uroš Đurđević — „Rad“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yil 28-avgustda Sloboda Tuzla futbol klubiga qarshi oʻyinda u jamoa safida Serbiya chempionatida debyut qildi. 2012-yil 17-noyabr kuni „Hajduk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević o‘zining birinchi golini urdi. Birinchi mavsumida u toʻqqizta gol urdi, bu „Partizan“ va Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klublari eʼtiborini tortdi.

2014-yilda Uroš Đurđević Gollandiyaning „Vitesse“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 7-fevral kuni „ADO Den Haag“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lukas Piazon oʻrniga Erediviziyada debyut qildi. 2015-yilning avgustida „Vitesse“ futbol klubi Uroš Đurđević bilan shartnomani bekor qildi.

2015-yilning yozida Uroš Đurđević erkin agent sifatida Italiyaning „Palermo“ futboo klubiga oʻtdi. 13-sentabr kuni „Carpi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Uroš Đurđević ikkinchi boʻlimda Alberto Gilardino oʻrniga maydonga tushib, Italiya A seriyasida debyut qildi. Oʻsha uchrashuvda Uroš Đurđević „Palermo“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilda Uroš Đurđević yoshlar terma jamoasi tarkibida Latviyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Turkiya, Gruziya, Portugaliya va ikki marta Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yarim finalda portugaliyaliklarga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević gollardan birini kiritgan.

2017-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Uroš Đurđevićyoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Makedoniyaliklarga qarshi kechgan bahsda Uroš Đurđević gol urdi.

2021-yilning 7-martida u Chernogoriya terma jamoasi safida ilk bor bosh murabbiy Miodrag Radulovich tomonidan JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Latviya, Gibraltar va Norvegiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etish uchun chaqirildi. 2021-yilning 24-mart kuni Chernogoriya terma jamoasi safida 2022-yilgi jahon chempionati saralash turniri 1-bosqichi doirasidagi safarda Latviya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubok JamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolF. K. Rad2011—2012700000702012—201323920—2592013—201411210—122Jami411130004411S. B. V. Vitesse2013—2014600000602014—201518110—1912015—201610001020Jami2511010271U. S. Palermo2015—201614200—142F. K. Partizán2016—20172924540034282017—2018530064117Jami342754644535Olympiacos F. C.2017—20181946350307Real Sporting de Gijón2018—2019381121—40122019—202037600—3762020—2021392220—41222021—2022351432—38162022—20236200—22Jami13949520014551Umumiy faoliyatida2638418912429497

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:2-martda tugʻilganlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FK Rad futbolchilari Turkum:SBV Vitesse futbolchilari Turkum:Palermo FC futbolchilari Turkum:FK Partizan futbolchilari Turkum:Olympiacos F.C. futbolchilari Turkum:Sporting de Gijón futbolchilari Turkum:Atlas F.C. futbolchilari Turkum:C.F. Monterrey futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar