right|thumb|250x250px| Oarai qirgʻogʻi right|thumb|250x250px| Oarai porti - Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shaharcha. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharchaning 6,881 xonadonida 15,867 kishi istiqomat qiladi va har bir kvadrat kilometrga 664 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 34.0% ini tashkil etadi. Shaharchaning umumiy maydoni . Yaponiya atom energiyasi agentligi Oaraida bir qator yadroviy tadqiqot reaktorlari, jumladan Dzoyo va yuqori haroratli muhandislik sinov reaktorlari mavjud tadqiqot markazini boshqaradi.

Geografiyasi Ibaraki prefekturasi markazi hamda Tinch okeani yaqinidagi tekisliklarda joylashgan Oarai, Yaponiyadagi 30-yirik chuchuk suv havzasi Hinuma koʻli bilan chegaradosh. Shaharcha hududidan Naka daryosi oqib oʻtadi. Oarai va Sun Beach choʻmilish plyajlari birinchi boʻlib Yaponiyada nogironlar uchun toʻsiqsiz choʻmilish plyajlarini joriy qilgan.

Yondosh munitsipalitetlar Ibaraki prefekturasi

Mito Hitachinaka Hokota Ibaraki

Iqlimi Oarai nam kontinental iqlimga ega, yozi issiq va qishi sovuq, yengil qor yogʻish holati bilan ajralib turadi. Oaraida oʻrtacha yillik harorat . Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori eng yomgʻirli oy – sentyabr. Eng yuqori harorat avgustda va eng pasti yanvarda, taxminan boʻladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oarai aholisi soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.

Tarixi Higasiibaraki tumanidagi Isohama va Onuki qishloqlari va Kasima tumanidagi Natsumi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining joriy etilishi bilan tashkil etilgan. Onukiga 1894-yil 26-yanvarda shaharcha maqomi berilgan. Onuki va Isohama birlashtirilgan. 1954-yil 3-noyabrda Oarai shaharchasi tashkil etiladi. Natsumining bir qismi 1955-yil 23-iyulda Oaraiga qoʻshilgan.

1928-yilda oʻta oʻng qanot jangari tashkiloti asoschisi Nisso Inoue Oarai shaharchasiga koʻchib oʻtadi va shu yerda Yaponiyada militaristik inqilobni qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv markaz ni tashkil qiladi. Natijada 1932-yilda Qonli liga hodisasi yuz bergan.

1998-yildan beri Oaraidagi zavod assotsiatsiyasi rahbari yaponlar va Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi shahridan kelgan muhojirlarni dengiz mahsulotlari sanoatida ishlashga taklif qilgan. Indoneziya aholisining aksariyati keyinchalik hujjatsiz faoliyati sabab hibsga olingan.

Hukumat Oarai toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 12 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Oarai qoʻshni Hokota va Ibaraki bilan birgalikda Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Ibaraki 2- saylov okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Yadro sanoati va davlat mablagʻlari mahalliy iqtisodiyotning asosini tashkil qiladi. Guruch, shirin kartoshka va yapon turpi asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridir. Tijorat baliq ovlash sanoati muhim ahamiyatga ega va asosiy baliqchilik mahsulotlari: oq oʻlja, sardiniya, kambala va mollyuska. Tuzlangan va quritilgan yapon stavridasi, smelt va sardiniya hamda qaynatilgan sakkizoyoq qayta ishlanadi.

Taʼlim

Oaraida ikkita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud.

Transport

Temir yoʻllari 20x20px – Kasima Rinkai temir yoʻli Oarai Kasima liniyasi

Oarai stansiyasi

Magistral yoʻllari

51-milliy yoʻnalish

Dengiz porti

Oarai porti (MOL paromi har kuni Tomakomaiga ikkita parom qatnaydi)

Mahalliy diqqatga sazovor joylari Oarai yiliga 3 million sayyohni jalb qiladi. Plyajlari, yaxta va kreyser marinasi, dengiz sporti, lager, baliq ovlash, akvarium va mashhur golf maydoni turistik jihatdan diqqatga sazovor. Bu shaharcha monkfish bilan mashhur.

Oarai plyaji Aqua World (sobiq Oarai akvariumi) Oarai dengiz minorasi Oarai dengiz muzeyi Oarai sanʼat muzeyi Oarai Bakumatsu-Meydzi tarixi muzeyi „Kurumazuka-kofun“ va „Kagamizuka-kofun“ Oarai Isozaki Dzindza

Oarailik taniqli kishilar

Kei Igava – professional beysbolchi Hiromoto Okubo – professional beysbolchi Akua Soma – professional sumo kurashchisi

Ommaviy madaniyatda Shahar „Girls und Panzer“ nomli mashhur anime franshizasining voqealari kechadigan joy sifatida anime muxlislari uchun ziyoratgohga aylandi. Multserial bosh qahramonlari dastlab Oarai shahrida joylashgan ulkan kemada taʼlim oladilar. Shahardagi haqiqiy joylar animeda aniq tasvirlangani sababli, muxlislar bu yerlarga tashrif buyurishga intilmoqda, bu esa oʻz navbatida mahalliy tijoratning rivojlanishiga turtki bermoqda..

Manbalar

Havolalar Rasmi veb-sayt

Turkum:Ibaraki prefekturasi shaharchalari