Anthony Rubén Lozano Colón (; 1993-yil 25-aprelda Gondurasda tugʻilgan) — gonduraslik futbolchi, „Cádiz“ futbol klubi va Gonduras terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Rio de Janeiro Olimpiadasi ishtirokchisi. Anthony Lozanoning akasi Luis Ramos ham professional futbolchi.
Klublardagi faoliyati Anthony Lozano oʻz faoliyatini „Olimpia“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 11-yanvarda „Vida“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Gonduras chempionatida debyut qilgan. 2010-yil 21-fevralda „Viktoria“ futbol klubiga qarshi bahsda Anthony Lozano xet-trik qayd etib, jamoadagi ilk gollarini urgan.
Anthony Lozanoga koʻplab klublar qiziqish bildirishgan, u hatto bir muddat Angliyaning „Tottenham“ jamoasida mashgʻulot oʻtkazganSpurs take Central American starlet on trial ; Give Me Football, 13 August 2010.
2011-yilda Anthony Lozano Ispaniyaning „Valencia“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati Anthony Lozano yoshlar tarkibida juda yaxshi oʻynagan. U terma jamoa safida 8 ta o‘yinda 11 ta gol urgan.
2011-yilda Gonduras yoshlar jamoasi tarkibida Anthony Lozano Gvatemaladagi CONCACAF yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Yamayka, Gvatemala va Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gvatemalaliklarga qarshi kechgan bahsda Anthony Lozano raqib darvozasiga gol kiritgan.
2011-yil 11-avgustda Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Anthony Lozano ikkinchi boʻlimda Karlo Kostli oʻrniga maydonga tushgan va Gonduras terma jamoasida debyut qilgan.
2012-yilning yozida Anthony Lozano terma jamoaning Londondagi Olimpiada oʻyinlariga yoʻl oladigan tarkibga kiritilgan. Turnirda u Ispaniya, Marokash, Braziliya va Yaponiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2014-yil 14-sentyabrda Markaziy Amerika kubogi doirasida Nikaraguaga qarshi o‘yinda u milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
2015-yilda terma jamoa tarkibida Anthony Lozano CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gaiti, AQSh va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Statistikasi +JamoaMavsumLigaMilliy kubokBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOlimpia2009—201074——742010—2011111——142Jami185——216Valencia B2012—2013311——311Alcoyano (ijara)2011—201223210—242Olimpia2013—20143315—8144172014—20153121—754430Jami6436—1568847Tenerife (ijara)2015—2016321010—33102016—201730910413510Jami621920416820Barcelona B2017—2018204——204Girona2017—2018141——1412018—201920062—2622019—202010——10Jami35162—413Cádiz (ijara)2019—2020331010—3410Cádiz2020—202129320—3132021—2022317——3172022—202312000—120Jami721020—7410Umumiy faoliyatida35888122197401103
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gonduraslik erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Sportchilar