Éderzito António Macedo Lopes (; 1987-yil 22-dekabrda Bisau shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, Saudiya Arabistonining „Al Raed“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydiNa ofitsialnom sayte „Lokomotiva“ ukazan kak Eder Lopes. Éderzito Portugaliya terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi va 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2016-yilgi Yevropa chempionati finalidagi yagona gol muallifi.
Klublardagi faoliyati Éderzito bolaligida Gvineya-Bisaudan Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. U maktab-internatga yuborilgan va u yerda 18 yoshigacha yashab taʼlim olgan. 2008-yil 24-avgustda „Estrela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
2012-yilning yozida Éderzitoning shartnomasi tugagan va u erkin agent sifatida „Braga“ futbol klubiga oʻtgan. 2-sentabr kuni „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Éderzito yangi klub safida debyut qilgan. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ham 6 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan. Birinchi mavsumda Éderzito 13 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Mart oyida Éderzito jarohat olgani tufayli mavsumni muddatidan oldin yakunlashga majbur boʻlgan va Portugaliya Liga kubogi gʻolibligi uchun oʻyinda maydonga tusha olmadi.
2015-yilning 1-iyulida Éderzito Walesning „Swansea City“ futbol klubiga kelib, uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. 8-avgust kuni „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Bafetimbi Gomis oʻrniga Angliya Premyer ligasida debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati thumb|212x212px| Éderzito Portugaliya terma jamoasida Andrea Ranokkiyaga qarshi 2012-yil 11-sentabrda Éderzito Portugaliya terma jamoasida Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.
2014-yili terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Éderzito Germaniya, AQSh va Gana jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2015-yilning 16-iyunida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2016-yilning yozida Éderzito Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Islandiya, Avstriya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Éderzito 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogi oʻyinlari uchun tarkibga tanlanmagan.
Statistikasi Jamoa MavsumLigaKubokYevropa kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTourizense2006—20077110——812007—2008341010——35102008—20091010——20Jami42113000004511Académica2008—200924160——3012009—201022452——2762010—201121263——2752011—201216551——216Jami8312226000010518Braga2012—201318137370—32162013—20141332110—1642014—20152910104——3914Jami602619880008734Swansea City2015—201613020——150Lille2015—201613610——1462016—20173165110—377Jami44126110005113Lokomotiv Moscow (ijara)2017—20181841090—284Lokomotiv Moscow2018—20192216260103532019—20202351150103062020—2021201203110262Jami83111032313011915Umumiy faoliyatida3257262183213041291
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gvineya-Bisaulik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:F.C. Oliveira do Hospital futbolchilari Turkum:G.D. Tourizense futbolchilari Turkum:Académica de Coimbra (futbol) futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Al Raed S.FC futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gvineya-Bisaulik muhojir erkak futbolchilar