Penelopa Johnson Allen (1886-yil 27-oktabr — 1985-yil 9-yanvar) — amerikalik sharhlovchi va mahalliy tarixchi. 1930-yillarda Allen Tennessee shtatidagi okrug yozuvlarini toʻplash va nusxalash, koʻplab genealogik yozuvlarni saqlab qolish uchun ishlar olib borgan. Penelopa Chattanooga Times uchun „Oila daraxti barglari“ nomli mashhur oilalar tarixi haqidagi ruknni yaratdi.
Tarjimai holi Penelopa Johnson Tennessee shtatining Chattanooga shahrida tugʻilgan. Allen James Whiteside Johnson va Sue Coffin Cleage Johnsonlarning qizi. Penelopaning otasi tuman amaldori edi. U 1904-yilda Chattanoga oʻrta maktabini tamomlagan va Ogayo shtatining Oxford shahridagi Gʻarbiy kollejda oʻqigan.
Faoliyati Johnson turmushga chiqishidan oldin yosh oʻqituvchi sifatida maktabda dars bergan. Birinchi jahon urushi paytida Allen Virjiniya shtatining Penniman shahridagi DuPont oʻq-dorilar zavodida ishlagan. Urushdan keyin Chattanogadagi gazetada turli xil yoʻnalishlarda (shu jumladan sport) muxbir sifatida ishlagan. 1922-yilda u Tennessee shtatining qonun chiqaruvchi organidagi boʻsh ish oʻrin uchun oʻz nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Allen Chattanooga Timesda sharhlovchi boʻldi. Allenning „Oila daraxti barglari“ ruknida taniqli janubiy oilalar, jumladan, Cheroki oilalari haqida batafsil maʼlumot berilgan. 1930-yillarda tuman yozuvlarini toʻplash va nusxalash boʻyicha davlat miqyosidagi loyihani boshqarganJansen, Abby, „Penelope Johnson Allen: Making History By Saving History“ (2017). Student Research. 11.. Penelopa kitoblar ham yozgan. Bulardan, "Tennessee Soldiers in the Revolution" (1935), „Guide Book of Chattanooga and Vicinity“ (1935, Tennessee boʻlimi uchun tuzilgan risola), „Manuscript of the History of the Cherokee Indians, Particularly the Chickamauga Group“ (1935), „Tennessee soldiers in the War of 1812“ (1947) va „Leaves from the Family Tree“ (1982) kabilardir.
Johnson Tennessee tarixiy komissiyasining aʼzosi, Tennessee ayollar klublari federatsiyasining shtat matbuot rahbari va Amerika inqilobi qizlar boʻlimining shtat tarixchisi. U milliy darajada inqiloblarda ham faol boʻlgan. 1970-yilda Chattanoga hududi tarixiy assotsatsiyasining yillik kechki hisobot dasturida Allenning portretini Tennessee shtati kutubxonasiga sovgʻa qilingan.
Shaxsiy hayoti Penelopa Johnson Samuel Boyd Allen bilan turmush qurgan. Ularning Penelopa Allen Mur ismli qizi bor edi. 1932-yilda Samuel Allen vafot etganida Penelopa beva qolgan. Penelopa 1985-yilda 98 yoshida Chattanogada vafot etadi. Uning Cheroki tarixi bilan bogʻliq shaxsiy toʻplami Tennessee shtati kutubxonasi va arxivida saqlanadi. Allenning yana bir toʻplami, Brainerd missiyasi bilan bogʻliq boʻlgan maqolalari Chattanogadagi Tennessee universitetida arxivlangan.
Manbalar
Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:Jurnalistlar