right|thumb|260x260px| Kavachidagi Tone daryosi boʻylab Joso koʻprigi - Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shaharcha. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharchaning 2986 xonadonida 8,298 kishi istiqomat qiladi va har bir kvadrat kilometrga 183 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 39.5% ini tashkil etadi. Shaharchaning umumiy maydoni 44.30 km².
Geografiyasi Ibaraki prefekturasi Chiba prefekturasi bilan chegaraning eng oxirgi janubiy qismida joylashgan. Kavachi uzun va tor sharqiy-gʻarbda joylashgan boʻlib, Tone va Sin-Tone daryolari bilan tutash.
Atrofdagi munitsipalitetlar Ibaraki prefekturasi
Ryugasaki Inasiki Tone
Chiba prefekturasi
Narita Sakae Kozaki
Iqlimi Kavachi nam kontinental iqlimga ega, yozi issiq, qishi esa yengil koʻrinishdagi qor yogʻish holati bilan ajralib turadi. Kavachida oʻrtacha yillik harorat 14,4 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1376 mm, sentyabr esa eng nam oydir. Eng yuqori harorat avgustda 26,1 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 3,6 °C atrofida boʻladiKawachi climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKawachi population statistics, Kavachi aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan va hozir aholisi bir asr avvalgidan kamroq.
Tarixi Nagasao, Genseida va Mamaita qishloqlari 1889-yil 1-aprelda Ibaraki prefekturasining Kavachi tumanida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatilishi natijasida tashkil etilgan. Shu bilan birga, Chibaning Katori tumanidagi Kanaetsu va Chibaning Simohabu tumanidagi Toyosumi qishlogʻining bir qismi Ibaraki prefekturasiga oʻtkazilgan. Eski Hitachi va Simosa provinsiyalari oʻrtasidagi chegara Tone daryosi boʻlgan; ammo, Meydzi davriga kelib daryo oʻzanining oʻzgarishi sababli qishloq daryoning shimoliy qirgʻogʻida joylashgan. Asli Hitachi provinsiyasi hududidagi uchta qishloq 1955-yil 1-aprelda Kavachi qishlogʻini tashkil qilish uchun birlashtirilgan. 1958-yil 15-fevralda qoʻshni Kanaetsu qishlogʻi Kavachiga qoʻshiladi.
Hukumati Kitaibaraki toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 12 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kavachi qoʻshni Inasiki bilan birga Ibaraki prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Ibaraki 3-saylov okrugi tarkibiga kiradi.
Taʼlim
Kavachida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta boshlangʻich/oʻrta maktab mavjud. Shaharda yuqori maktab yoʻq.
Transporti
Temir yoʻllar
Kavachida yoʻlovchi poyezdi xizmati yoʻq. Eng yaqin stansiyalar — qoʻshni Naritadagi Namegava va Ryugasakidagi Ryugasakilardir.
Magistral yoʻllar
408-milliy yoʻnalish
Mahalliy diqqatga sazovor joylari
Otone aeroporti
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti
Turkum:Ibaraki prefekturasi shaharchalari