Aleksandr Shakalov (; 1982-yil 26-martda Ukraina SSR, Dnepropetrovsk shahrida tugʻilgan) — ukrainalik figurali uchuvchi. 2003-yildan 2007-yilgacha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.

Faoliyati Shakalov faoliyatining ilk yillarida Ukraina davlati sharafini himoya qilgan. Viktoriya Polzykina, Yuliya Grigorenko bilan chiqishlar qilgan va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 2003-yildan 2007-yilgacha u Olga Akimova bilan sheriklikda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan va bir qancha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Ular 2004—2005-yillarda O‘zbekiston milliy chempioni bo‘lgan. 2009-yilda Shakalov Siobhan Heekin-Kenedy bilan birgalikda chiqishlar qila boshladi va oʻz vatani uchun musobaqalarda ishtirokni davom ettirdi. Shakalovga er-xotin Galit Chait va Natalya Dubova murabbiylik qilgan. Ular 2011-yilgi Jahon chempionatidan keyin bu faoliyatni toʻxtatgan. Aleksandr Shakalov 2011-yilgi jahon chempionatidan soʻng figurali uchishda sportchilik faoliyatini yakunlagan. Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Polzykina bilan 2000—2001-yillarda birgalikda ishlagan va Charleston, Quickstep: The Continental kabi chiqishlarni amalga oshirgan. Grigorenko bilan Paso doble, Flamenco kabi chiqishlarni amlga oshirgan.

Aleksandr Shakalov faoliyati davomida 1 karra Ukraina chempionatida gʻolib chiqqan. Jahon chempionatidagi ishtiroki 15-oʻrin bilan yakunlangan. Yevropa chempionatida ham faol ishtirok etgan, jumladan ishtiroklari soni 1 tani tashkil etadi, oʻrin esa 11. Shuningdek, Nebelhorn kubogida 10-oʻrin, Finlandiya kubogida 6-oʻrin, Kupe de Nitsada 4-oʻrin, Mont Blan kubogida 5 marta ishtirok va 4-oʻrin, Lion kubogida 3-oʻrinni egallagan. Olga Akimova bilan Assassinʼs Tangosi chiqishi maashhur boʻlgan.

Dasturlar

Heekin-Canedy bilan Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs 2010-2011 Vals: Desde al Alma Tango: El Choclo La Vie en rose Padam Padam Je Ne Regrette Rien L’Arrestation

Akimova bilan Mavsum Asl raqs Erkin raqs 2006-2007 Assassin tangosi Aranjuez Mon Amour 2005-2006 Cha Cha Rhumba Samba Libertango 2004-2005 Charleston: Hallo, du suesse Klingelfee

Slow Foxtrot: La Traviesa Quickstep: Dancing Fool The Mask :

Hi De Xo This Business of Love You Would Be My Baby Hey! Pachuko!

Natijalar Natijalar Xalqaro Tadbir 2009-2010 2010-2011 Jahon chempionati 15 Yevropa chempionati 11 Nebelhorn kubogi 10 Finlandiya kubogi 6 Kupe de Nitsa 4 Mont Blan kubogi 5 4 Lion kubogi 3 Milliy Ukraina chempioni. 4 1

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchish sportchilari