Rahmonberdi Muhammadjonov (1929-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan — 1994-yilda vafot etgan) — hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1950-yilgi bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-urdushunos. Pokiston hukumatining „Sharafli mehnati uchun“ nishoni sovrindori (1995).

Faoliyati 1950—1951-yillarda Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir; 1950—1952-yillar oraligʻida ToshDU sharq fakulteti aspiranti; 1953-yildan umrining oxirigacha sharq fakultetning hind filologiyasi kafedrasida hind va urdu tillari oʻqituvchisi, 1959-yildan katta oʻqituvchi. 1961—1962-yillar Dehli universitetida malaka oshirgan.

Ilmiy yoʻnalishi Urdu tilining grammatik tuzilishi. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar va koʻplab badiiy tarjimalar muallifi. Asosiy ilmiy ishlari Hindiy tili. Birinchi kitob. — Toshkent, 1958. — hammualliflikda. Uchebnik yazika urdu. — Toshkent, 1959. — hammualliflikda. Hindiy tili darsligi. Ikkinchi kitob. — Toshkent, 1962. — 220 b. — hammualliflikda. Otglagolnie slojnie glagoli v yazikax xindi i urdu // Nauchnie trudi TashGU. Vostokovedeniye. Inostrannie yaziki. — Tashkent, 1967. — S. 44 — 49. O differensiatsii izʼyavitelnogo i predpolojitelnogo nakloneniy v yazikax xindi i urdu // Trudi Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta. — Samarqand, 1970. -Vip. 175. — S. 63 — 75.229 O kategorii zaloga // Nauchnie trudi TashGU. Vostokovedeniye / v soavtorstve s V. A. Muxamedjanovoy. — Toshkent, 1971. Vip. 404. Urdu tili darsligi. Ikkinchi sinf uchun. — Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. Urdu tili. 3- sinf. — Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. . — 231 b. Uchebnik yazika urdu dlya pervogo kursa. — Tashkent: Oʻqituvchi, 1991. — 423 s. — v soavtorstve s V. A. Muxamedjanovoy.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar