Ákos Elek () (1988-yil 21-iyulda tugʻilgan) — vengriyalik professional futbolchi, Nemzeti Bajnokság I ligasining MOL Vidi FC jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Kazincbarcika Elek oʻz faoliyatini 2005-yilda Kazincbarcika SCda boshlagan. Jamoa Vengriya ikkinchi divizionida boʻlgan. U oʻzining yagona golini Mako FC darvozasiga kiritgan.

Videoton FC 2008-yilda Elek Videoton FC bilan shartnoma imzolagan. U birinchi oʻyinini 2006-yil 26-iyulda Siofok jamosiga qarshi oʻtkazgan. 2010—2011-yillarda Nemzeti Bajnoksag Ida Elek oʻz klubi bilan gʻolib chiqgan.

Diósgyőr 2012-yilning 25-iyulida Elek Vengriya ligasining Diósgyőr klubi bilan shartnoma imzolagan.

Changchun Yatai 2015-yil 18-yanvarda Elek Changchun Yatai FC bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Diósgyőr — 2-mavsum

Qayrat 2017-yil 8-martda Qayrat Elekni ikki yillik shartnoma asosida oʻzlariga qoʻshib olganliklarini eʼlon qilgan.

MOL Vidi 2019-yil 8-yanvarda Elek MOL Vidi FCga qaytgan.

Xalqaro faoliyati right|thumb|200x200px| Elek Vengriya tarkibida Polshaga qarshi oʻyinda Elek Vengriyalik murabbiy Shandor Egervari tomonidan Vengriya terma jamoasiga taklif qilgan. Elek ilk xalqaro golini „Pushkash Ferenc“ stadionida Islandiya darvozasiga kiritgan. Uchrashuv 4:0 hisobida vengerlarning gʻalabasi bilan yakunlangan.

Elek Vengriya terma jamoasining Yevro-2016 turnirida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgan.

U 2016-yil 22-iyun kuni Liondagi Parc Olimpik stadionida Portugaliya bilan 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan guruhdagi so‘nggi o‘yinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFehérvár/Videoton2008-2009Nemzeti Bajnokság I110--1102009-201028520--3052010-2011264312020103452011-2012131101021-172Jami7810613041109712Eskişehirspor (Ijara)2011-2012Süper Lig3000---30Diósgyőri2012-2013Nemzeti Bajnokság I2712000--2912013-20142538120--3542014-2015151101051-222Jami6751113051--867Changchun Yatai2015Xitoy Super Ligasi282---282Diósgyőri2015-2016Nemzeti Bajnokság I11400---1142016-201718120---201Jami29520------315Qayrat2017Qozogʻiston Premyer Ligasi28030-4000350201822100-5010281Jami50130--9010631Fehérvár2018-2019Nemzeti Bajnokság I12041-00001612019-202023160-4000331Jami351101--40--492Karyerada jami29024323602222035229

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Vengriya 2010-yil 7 0 2011-yil 10 1 2012-yil 7 0 2013-yil 5 0 2014-yil 3 0 2015-yil 6 0 2016-yil 5 0 2017-yil 3 0 2018-yil 3 0 Jami 49 1 +Ákos Elek tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2011-yil 10-avgust Pushkash Ferenc stadioni, Budapesht 4-0 4-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlari Videoton

Nemzeti Bajnokság I : 2010—2011 Vengriya kubogi : 2018—2019

Diósgyőr

Vengriya Liga kubogi : 2013—2014

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Vengriyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari