Abduqayum Azimov (1945-yil Toshkentda tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, arabshunos, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. ToshDU sharq fakultetining 1968-yilgi bitiruvchisi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti sobiq rektori (1997—2007-yillar).
Yaman Arab Respublikasida arab tili tarjimoni (1968—1970); ToshDU sharq fakulteti arab filologiyasi kafedrasida, keyinchalik fakultet negizida tashkil topgan ToshDSHI Tarix fakulteti islomshunoslik kafedrasida oʻqituvchi (1970), katta oʻqituvchi va dotsent (1992); shu orada 1972—1974-yillarda armiya xizmati; 1975—1978 va 1982—1984-yillarda arab mamlakatlarida tarjimonlik, referentlik; Hozir nafaqada Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi.
Ilmiy yoʻnalishi Islomshunoslik va jamiyatshunoslik. U bir monografiya, 3 ta risola, 5 ta maqola va 3 ta metodik qoʻllanma muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Yaqin Sharq xalqlari milliy ozodlik kurashida islomning oʻrni“. — Toshkent, 1987. Arab sharqi mamlakatlarida milliy-ozodlik harakatining xususiyatlari. — Toshkent, 1986. — 52 b. Islom va hozirgi zamon. — Toshkent, 1991. — 121 b. Arab dialogik nutqini oʻstirish uchun metodik koʻrsatma. — Toshkent: ToshDU, 1992. 4. Islomda ayol masalasi // Saodat. — Toshkent, 1994. — № 4. Sunniy aqida va vahhobiylik. — Toshkent, 1999. — 52 b. Diniy ekstremizm taʼlimoti. — Toshkent, 1999. — 16 s. Al-Moturidiy va islomiy eʼtiqod // Sharq mashʼali. — Toshkent, 2000. — № 1 — 2. — B.14 — 17. — hammualliflikda. Saudovskaya Araviya i yeyo vnutrennyaya politika // Mayak Vostoka. — Tashkent, 2000. — № 6. — 2 s. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar