Jordy Hiwula-Mayifuila (talaffuzi: Jordi Xivula-Mayifuila 1994-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Shotlandiya Premyer-ligasining Ross County klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati Jordy mahalliy Fletcher Moss Rangers klubiga qo'shildi va u yerdan "Manchester City" ga o'tdi. 2012-13-yilgi mavsumning ko'p qismini jiddiy jarohati tufayli o'tkazib yuborgan. U 2013-14-yilgi mavsumda "Manchester City" ning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi uchun 31 o'yinda 20 ta gol urgan. Shundan so'ng uning shartnomasi ikki yilga uzaytrilib, 2016-yilgacha davom etdi.
Huddersfield Town 2015-yilning 17-iyulida Jordy Chempionship jamoasi “ Huddersfield Town” bilan noma’lum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. Mavsumning dastlabki o‘yinida “Hull City” ga qarshi o‘yinda foydalanilmagan zaxira o‘yinchisi sifatida qoldi. U “Huddersfield Town” safida debyut qildi va birinchi turda “Notts County” ga qarshi o‘yinning 65-daqiqasida Tommy Smith o‘rniga maydonga tushdi.
Wigan Athletic (ijara) 2015-yil 27-avgustda Jordy futbol ligasining birinchi jamoasi "Wigan Athletic" ga mavsumiy ijara asosida qo'shildi. U Wigan Athletic uchun ikkinchi o'yinida Chesterfieldga qarshi kechgan o'yinda g'alabaga erishdi. 2016-yilning 1-fevralida Jordy “Wigan” dagi ijara muddatidan erta chaqirib olindi.
Walsall (ijara) 2016-yilning 4-martida Jordy 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida “Walsall”ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Bradford City (ijara) U 2016-yilning iyul oyida Bradford City jamoasiga ijara asosida qo'shildi.
Fleetwood Town (ijara) 2017-yilning 5-iyulida Jordy 2016-17-yilgi mavsum uchun Birinchi liga jamoasi Fleetwood Townga ijara asosida qo‘shildi. U 2017-yilning 8-avgustida “Carlisle United” ga qarshi EFL kubogida 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, “Fleetwood” safidagi ilk golini kiritdi.
Coventry City 2018-yilning 2-avgustida Jordy 1-liga klubi “Coventry City” bilan noma’lum to‘lov evaziga ikki yillik shartnoma imzoladi . U "Coventry" uchun birinchi go'lini EFL Trophy musobaqasida "Forest Green Rovers" darvozasiga kiritdi. Ular bu o'yinda 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Uning birinchi ligadagi go'li 20-oktyabr kuni Southend Unitedga qarshi o'yinda kiritildi. U keyingi ikki o'yinda gol urib, Coventryga Bradford City va Doncaster Roversni mag'lub etishga yordam berdi.
Doncaster Rovers 2021-yil 10-iyulda Jordy 1-liganing Doncaster Rovers jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi .
Ross County 2022-yil 28-iyun kuni Jordy Shotlandiya Premer-ligasining “ Ross County” klubiga nominal to‘lov evaziga qo‘shildi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi .
Xalqaro martaba Jordy Angliyani U18 darajasida himoya qilgan. Polshaga qarshi 3:0 hisobidagi g'alabada bir marta go'l urgan. Shuningdek Jordy Angilya U19 darajasida Estoniyaga qarshi debyutida go'l urgan.
Shaxsiy hayot Hiwula Angliyada tug'ilgan. Kelibe chiqishi Angoladan. Jordy “Manchester United” muhlisi hisoblanadi
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va go'llar statistikasiKlubMavsumLigaKubogLiga kubogiBoshqaJamiBoʻlimOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarManchester City2014–15Premyer-liga0000000000Yeovil Town (ijara)2014–15Birinchi liga8011000091Walsall (ijara)2014–15Birinchi liga199—0010209Huddersfield Town2015–16Championship000010—102016–17Championship000000—002017–18Premier Liga000000—00Jami000010—10Wigan Athletic (ijara)2015–16Birinchi liga142000024166Walsall (ijara)2015–16Birinchi liga133000020153Bradford City (ijara)2016–17Birinchi liga4191010634912Fleetwood Town (ijara)2017–18Birinchi liga4384011535312Coventry City2018–19Birinchi liga391210102143132019–20Birinchi liga152002210184Jami54141032316117Portsmouth2020–21Birinchi liga90210042153Doncaster Rovers2021–22Birinchi liga201200030251Ross County2022–23Shotlandiya Premyer-ligasi1600053—213Jami faoliyat24047112116261328568
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar