Florent Hoti (2000-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — Angliyalik professional futbolchi, Kosovo 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Rochdale hamda Dundee United klublarida o'ynagan. Hoti Forfar Athleticda jamoasida ijarada vaqt o'tkagan. Hoti Angliya (tug'ilgan joyi) va Albaniyani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega.
Klub faoliyati 10 yoshidan boshlab Rochdale akademiyasining bir qismi bo'lgan Hoti 2017-yilda ikki yillik stipendiya asosida klub bilan shartnoma imzoladi. U Rochdale uchun debyutini 2018-yilning 4-sentyabrida o‘tkazib, EFL Trophy turnirida Bury qarshi o‘yinda 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushib o'tkazdi. Hoti 2018-yilning 7-noyabrida EFL Trophy musobaqasida Rochdalening 2-2 hisobida “Leicester City” ga qarshi o‘yinida maydonga tushdi. Hoti klub bilan birinchi professional shartnomasini 2018-19-yilgi mavsum imzolagan.
Hoti 2020-yil avgust oyida Shotlandiya Premer -ligasining “ Dundee United” klubida sinovdan o‘tdi va keyingi oyda noma’lum to‘lov evaziga klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U oktyabr oyida Shotlandiyaning birinchi ligasi klubi Forfar Athleticga ijaraga o'tdi. U 2021-yil yanvar oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli quyi divizionlar to'xtatilganidan so'ng Dundee Unitedga qaytdi. U Dundee United safidagi debyutini 2021-yil 10-aprelda Shotlandiya Premer-ligasida Hamilton Academical jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda o'tkazdi.
Xalqaro martaba Hoti 2021-yil mart oyida Albaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan milliy terma jamoasida yig'in va mashg'ulot o'yinlarida ishtirok etish uchun tanlangan. Ammo COVID bilan bog'liq sayohat cheklovlari tufayli jamoaga qo'shila olmadi. Ikki oy o'tgach, u Kosovoning 21 yoshgacha bo'lgan milliy terma jamoasidan Andorra U21 ga qarshi 2023-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralash o'yiniga chaqiruv oldi va asosiy tarkibda debyut qildi.
Shaxsiy hayot Hoti Angliyaning Manchester shahrida tug'ilgan. Hoti 3 ta mamlakatni xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va go'llar statistikasi Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa JamiBoʻlimOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllar Rochdale 2018–19 EFL birinchi ligasi 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0 2019–20 EFL birinchi ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0 Dundee United 2020–21 Shotlandiya Premyer-ligasi 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0 2021–22 Shotlandiya Premyer-ligasi 5 0 0 0 4 0 0 0 9 0 Jami 9 0 0 0 4 0 0 0 13 0 Forfar Athletic (ijara) 2020–21 Shotlandiya birinchi ligasi 6 0 1 0 2 0 0 0 9 0 Umumiy faoliyat 15 0 1 0 6 0 2 0 24 0
Manbalar
Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Kosovolik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar