Derian John Hatcher () (1972-yil 4-iyunda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi. Derian Hatcher Milliy xokkey ligasida (NHL) „Minnesota North Stars“, „Dallas Stars“, „Detroit Red Wings“ va „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoalarida 16 mavsum oʻynagan. Hozirda Derian Hatcher Ontario Xokkey Ligasining (OHL) „Sarnia Sting“ xokkey jamoasi egasi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati Yoshligida Derian Hatcher 1985—1986-yillarda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Detroit Compuware“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Derian Hatcher 1990-yilgi NHLga kirish loyihasida „Minnesota North Stars“ xokkey klubi safiga sakkizinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan. Derian Hatcher 1991-yil 12-oktyabrda NHLdagi debyut oʻyinida gol urgan. Derian Hatcher „Norths Stars“ xokkey jamoasi safida bir nechta mavsumni oʻtkazgan.
Shundan keyin, Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. „Dallas Stars“ xokkey klubi safida Derian Hatcher oʻn yil oʻynadi. Bu vaqt oraligʻida Derian Hatcher 71 gol, 223 golli uzatma, 1380 penalti koʻrsatkichlarini oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi. Derian Hatcher 1999-yilda klub safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. Derian Hatcher kubokkacha jamoa sardori vazifasini bajardi. Bu bilan Derian Hatcher Stanley kubogini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik sardor boʻldi. 2003-yil iyul oyida Derian Hatcher „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan besh yillik 30 million dollarlik shartnoma tuzdi.
2004-yilda NHL mavsumi bekor qilinganligi sababli Derian Hatcher „Detroit Red Wings“ xokkey klubidagi hamkasblari Chris Chelios va Kris Draper bilan Michigan shtatining Fraser shahrida joylashgan „Motor City Mechanics“ xokkey jamoasida kichik xokkey oʻynashga qaror qildi.
2005-yil 2-avgustda Derian Hatcher „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2006-yil 29-yanvarda Derian Hatcher „Flyers“ xokkey jamoasining vaqtinchalik sardori etib tayinlandi. Derian Hatcher jarohat olgan kapitan Keith Primeau yoʻqligi sababli 2005—2006-yilgi mavsumining qolgan qismida kapitan boʻlib faoliyatini davom ettirdi.
Keyinchalik, Derian Hatcher oʻng tizzasidan jarohat olib, 2008—2009-yilgi NHL mavsumini oʻtkazib yubordi. 2009-yil 1-iyunda Derian Hatcher tizzasdagi jarohatni davolash operatsiyasidan soʻng, xokkey oʻynashga qaytmasligini eʼlon qildi. 2009-yil 15-iyun kuni Derian Hatcher NHLdagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qildi. Shundan soʻng, Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga oʻyinchini rivojlantirish boʻyicha murabbiy sifatida qoʻshildi. Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi va uning salafi „Minnesota North Stars“ xokkey klubi tarixidagi eng uzoq vaqt xizmat qilgan klub sardori boʻlib qolmoqda.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1987—1988Detroit G. P. D. MidgetsMNHL255131852—————1988—1989Detroit G. P. D. MidgetsMNHL51193554100—————1989—1990North Bay CentennialsOHL6414385245523581990—1991North Bay CentennialsOHL641350631631021012281991—1992Minnesota North StarsNHL43751288502281991—1992Kalamazoo WingsIHL212321—————1992—1993Minnesota North StarsNHL6741519178—————1993—1994Dallas StarsNHL831219312119022141994—1995Dallas StarsNHL4351116105—————1995—1996Dallas StarsNHL7982331129—————1996—1997Dallas StarsNHL6331922977022201997—1998Dallas StarsNHL706253113217336391998—1999Dallas StarsNHL809213010218167241999—2000Dallas StarsNHL57222246823134292000—2001Dallas StarsNHL80221237710011162001—2002Dallas StarsNHL804212587—————2002—2003Dallas StarsNHL828223010611123332003—2004Detroit Red WingsNHL15044812011152004—2005Motor City MechanicsUHL245121727—————2005—2006Philadelphia FlyersNHL7741317936022102006—2007Philadelphia FlyersNHL8236967—————2007—2008Philadelphia FlyersNHL44257331512340NHL jami1,045802513311,58113372633248
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 1993-yil Qoʻshma Shtatlar WC 6 1 2 3 8 1996-yil Qoʻshma Shtatlar WCH 6 3 2 5 10 1998-yil Qoʻshma Shtatlar OG 4 0 0 0 0 2002-yil Qoʻshma Shtatlar WC 7 0 1 1 0 2006-yil Qoʻshma Shtatlar OG 6 0 0 0 12 Jami 29 4 5 9 30
Yana qarang
NHLdagi taniqli oilalar 1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh xokkeychilari